NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushdagi g‘alabasi alyansning mag‘lubiyati bo‘lishini aytdi, deb yozadi Meduza.
“Rossiyaning urushdagi g‘alabasi NATOning mag‘lubiyati bo‘ladi, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Kecha biz ko‘rgan narsa (Ukrainaga raketa zarbalari) Rossiya kuchsizligidan dalolat beradi, chunki Rossiya jang maydonida oldinga siljimayapti”, — deydi Stoltenberg.
U, shuningdek, Rossiya Ukrainada yadro qurolidan foydalanmasligiga ishonch bildirdi. Shunga qaramay, u alyans a’zolari hushyor turishini va kelasi hafta blok mamlakatlari yadroviy to‘siq bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishini ta’kidladi.
Avvalroq NATO Harbiy-havo kuchlari Litva armiyasi bilan birgalikda Kaliningrad viloyati yaqinidagi Curonian Spit hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi. Manevrlar davomida mutaxassislar havodan o‘q uzishni muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni ishlab chiqqan edi.
Izoh (0)