• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi

    O‘zbekistondagi Afg‘oniston fuqarolarining ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    7-aprel kuni Toshkentda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yevropa Ittifoqining (YI) O‘zbekistondagi delegatsiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) shu kabi tashabbus bilan chiqqan. Qayd etilishicha, mazkur kengaytirilgan dastur hamda qisqa muddatli o‘quv kurslari afg‘onistonliklarga gumanitar, pedagogika va muhandislik sohalarida bilim egallashga yordam beradi. Loyiha Termizdagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Markaz o‘quv jarayoniga O‘zbekistondagi tegishli muassasalarning ta’lim va o‘quv resurslarini ham jalb qilishi mumkin.

    Loyiha doirasida jami 345 nafar Afg‘oniston fuqarosi ta’lim grantlarini qo‘lga kiritib, o‘qishni tamomlaganidan so‘ng tegishli diplom va sertifikatlarga ega bo‘ladi.

    Xususan:

    • hozirda markazda tahsil olayotgan afg‘onistonlik 145 nafar talaba, jumladan, 24 nafar xotin-qiz ta’lim jarayonini davom ettiradi;
    • 100 nafar Afg‘oniston fuqarosi bir yillik texnik hamda kasbiy ta’lim va tayyorgarlik (TKTT) dasturi doirasida o‘qitiladi;
    • 100 nafar Afg‘oniston fuqarosi qisqa muddatli kasbiy kurslarda ta’lim oladi.
    2022-yilda BMTTD tomonidan bajariladigan tashabbus uchun YI 1 million yevro mablag‘ ajratgan. Ittifoq delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrianning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi hozirgi og‘ir sharoitda Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

    “Umid qilamizki, bizning uzoq yillik hamkorimiz bo‘lgan BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan bu loyiha O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan Afg‘oniston fuqarolariga yangi bilim va ko‘nikmalar olishlarida ko‘maklashishi barobarida, ularga o‘z vatanlariga qaytishdan oldin turmush sharoitlarini yaxshilash va oilalarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi”, — deydi u.

    Shuningdek, loyihaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi asosiy hamkor bo‘ladi.

    “O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan Afg‘oniston fuqarolariga bunday imkoniyatlar yaratish juda muhim masaladir. Bu Afg‘onistonning yoshlariga o‘z hayot yo‘lini topishlari uchun ko‘nikma va mutaxassisliklarni egallashga sharoit yaratadi”, — deydi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov.

    Tashabbus markaz salohiyatini yanada mustahkamlaydi va uni Afg‘oniston uchun ta’lim markaziga aylantirishga imkoniyat yaratishi ta’kidlangan. Natijada Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekistondagi ko‘plab universitetlar, institutlar va kollejlarning ta’lim xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, markaz YI bilimlar markazini ochish va unda onlayn masofaviy o‘qitish vositasini ishga tushirish uchun platformaga ham aylanadi.

    Avvalroq O‘zbekiston Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar transafg‘on temiryo‘li qurilishini boshlagani, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida xalqaro yuk tashuvlarida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Agronomiya sohasida o‘qish uchun afg‘onistonlik ayollarning birinchi guruhi O‘zbekistonga keldi
    • O‘zbekiston va Afg‘oniston hamshiralari uchun Termizda malaka oshirish markazlari tashkil qilinadi

    08.04.2022, 15:05   Izoh (0)   9265
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent aeroporti yaqinidagi mehmonxona MIB tomonidan 6,3 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    08.04.2022, 14:39

    Farg‘onada IIB xodimlarini haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    08.04.2022, 14:12

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildi

    08.04.2022, 13:49

    O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    08.04.2022, 13:27

    Andijonda ayollarning intim suratlari va videosini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, ulardan pul undirib kelgan shaxs 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    08.04.2022, 13:12

    O‘zbekistonda ayrim shaxslarga pedagogik faoliyatni olib borish taqiqlanishi mumkin

    08.04.2022, 12:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.