Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 26—27-mart kunlari transport masalalari bo‘yicha O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Foto: Transport vazirligi

Foto: Transport vazirligi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston eksport va import yuklarining Sharqiy Osiyo davlatlaridan uzluksiz logistikasini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston, Afg‘oniston Islom respublikasi va Pokiston islom respublikasining yirik transport-logistika kompaniyalari, Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi hamda transport va bojxona idoralari vakillari ishtirokida transport masalalari bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruh uchrashuvi o‘tkazilgan. Uchrashuvda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlatlari hududi bo‘ylab avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish masalalari muhokama etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonga birinchi marta Pokiston va Afg‘oniston orqali Hindistondan yuklar keltirilgandi. 140 tonna yukka ega bo‘lgan, asosan, hind shakarini olib ketayotgan yuk mashinalari 16-mart kuni Kobuldan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga yetkazilgan.

Shavkat Mirziyoyev mart oyi boshida Pokiston poytaxti Islomobodga ikki kunlik rasmiy tashrifi chog‘ida bir qator kelishuvlarni imzolagan edi. Pokiston tomonining ta’kidlashicha, O‘zbekistonga yo‘l olgan Hindiston tijoriy jo‘natmalari kelishuv bo‘yicha xususiy uyushtirilgan faoliyat bo‘lib, to‘rtta davlatning hech birida hukumat ishtiroki yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi