• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” Kobulni bo‘ysundirganiga 6 oy to‘ldi. Bu vaqt ichida Afg‘onistonda nimalar sodir bo‘ldi? (video)

    Bundan roppa-rosa 6 oy avval — 2021-yilning 15-avgustida “Tolibon” harakatining a’zolari Afg‘oniston poytaxti Kobulni deyarli qarshiliksiz qo‘lga olgandi. O‘sha paytdagi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berishga rozi bo‘ldi va mamlakatdan yashirin ravishda qochib ketdi. “Daryo” Afg‘onistonda “Tolibon” boshqaruvida o‘tgan so‘nggi yarim yillikdagi asosiy voqealarni  jamladi.

    Foto: AP Photo

    Avgust oyida deyarli butun mamlakatni nazoratiga olgan “Tolibon” Afg‘oniston Islom Amirligini tiklash rejalarini e’lon qildi. 1996—2001-yillari Afg‘oniston hududidagi “Tolibon” qo‘l ostida bo‘lgan davlat ham shunday atalgan, biroq jahon hamjamiyati ushbu davlatni rasman tan olmagandi.

    Hukumat “Tolibon” qo‘liga o‘tgach, Afg‘onistondan Amerika Qo‘shma Shtatlari va NATOga a’zo mamlakatlar fuqarolari, shuningdek, ilgari “Tolibon”ga qarshi kurashda G‘arbga yordam bergan afg‘onistonliklar ham ommaviy evakuatsiya qilina boshladi. Mamlakatni tark etish mumkin bo‘lgan yagona joy — Kobul aeroporti edi. “Tolibon” ta’qibidan qo‘rqqan minglab afg‘onlar uchib ketishni istagan, 16-avgust kuni ertalab ular reyslardan birortasiga o‘tirish uchun aeroportga bostirib kirgan va uchish maydonidagi samolyotlarga osilib chiqishga uringan. Hodisa oqibatida o‘nga yaqin kishi halok bo‘lgan.

    18-avgust kuni Afg‘onistonda “Tolibon”ga qarshi birinchi ko‘cha namoyishlari bo‘lib o‘tdi, kamida ikkita shaharda namoyishlar o‘tkazildi. Bunga javoban “Tolibon” jangarilari Jaloloboddagi namoyishchilarga qarata o‘t ochib, kamida uch kishini o‘ldirdi va o‘ndan ortiq odam yaralandi.

    “Tolibon”ga qarshi namoyishlar 19-avgust kuni boshqa shaharlarga, jumladan, poytaxt Kobulga ham ko‘chdi.

    Kobul aeroportidagi portlash va AQSh qo‘shinlarining chiqib ketishi

    26-avgustda Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 85 kishi, jumladan, 13 nafar amerikalik askar halok bo‘ldi. Ushbu hodisa mamlakatdan qochish umidida aeroportga yig‘ilgan o‘n minglab afg‘onning evakuatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Terakt uchun javobgarlikni IShIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi o‘z zimmasiga oldi: bo‘lim Afg‘onistonda rasman 2015-yilning boshida “Viloyati Xuroson” nomi bilan paydo bo‘lgan edi.

    IShID hujumi AQSh o‘z askarlarini belgilangan muddatga qadar Afg‘onistondan olib chiqishni yakunlashga urinayotgan bir paytda sodir bo‘ldi.

    “Tolibon” 31-avgustni AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib ketilishi uchun so‘nggi muddat deb belgilagan edi. Toliblar AQSh va Buyuk Britaniyaga evakuatsiya uchun qo‘shimcha vaqt berilmasligini bildirib, agar xorijiy kontingent belgilangan sanaga qadar mamlakatni tark etmasa, tegishli javob ko‘rsatilishi bilan ogohlantiradi.

    30-avgust kuni Amerika armiyasi o‘z kontingentini Afg‘onistondan olib chiqishni yakunladi.

    AQShning Afg‘onistondagi harbiy missiyasi qariyb 19 yil-u 11 oy davom etdi. Amerika qo‘shinlari mamlakatga 2001-yilning 11-sentabrida Nyu-York va Vashingtonda teraktlar uyushtirgan “Al-Qoida” bilan kurashish uchun kirib kelgandi. Bu AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan urush bo‘ldi. Unda 2400 dan ortiq Amerika harbiy xizmatchilari halok bo‘ldi, yana 20 mingdan ortig‘i yaralandi. Ushbu missiya AQShga 1-2 trillion dollarga tushdi.

    AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunlashi bilan Kobul osmonida bayram mushaklari otildi.

    “Tolibon”ga bo‘ysunishni istamagan Panjsher

    Afg‘onistonda “Tolibon” nazoratiga o‘tmagan yagona hudud Panjsher viloyati edi. Sentabr oyida “Tolibon” Panjsherni bo‘ysundirish uchun viloyatdagi qarshilik kuchlarini qamal qilishni boshladi.

    Panjsher vodiysi Kobuldan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan. Vodiy Afg‘oniston shimolini janub bilan bog‘lab turuvchi yo‘llar o‘tgan muhim strategik hudud hisoblanadi. 1980–1990-yillarda dastlab Sovet Ittifoqi qo‘shinlariga, keyinchalik toliblarga munosib qarshilik ko‘rsatgan eng asosiy hududlardan biri bo‘lgan. Tolibonga qarshi Panjsherdagi kuchlarga mashhur afg‘on qo‘mondoni Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li kichik Ahmad Mas’ud yetakchilik qilayotgandi.

    Kichik Ahmad Mas’ud

    Kichik Ahmad Mas’ud
    Foto: Asia Plus

    6-sentabr kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonning Panjsher viloyatini to‘liq nazoratiga oldi. O‘sha kuni tarqatilgan videolavhalarda ham toliblar Panjsher gubernatorligida o‘z bayrog‘ini ko‘tarayotgani aks etgandi. “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulla Mujohid matbuot anjumanida Panjsherni qo‘lga kiritgach, “Tolibon” endi butun mamlakatda nazorat o‘rnatganini e’lon qildi.

    Ahmad Mas’udga sodiq muxolif kuchlarni birlashtirgan Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti Panjsher qulaganidan keyin ham “Tolibon”ga qarshi turishga va’da beradi va partizan urushlari boshlanganini e’lon qildi.

    Mavzuga doir: Tamom, Afg‘oniston to‘liq “Tolibon” nazorati ostida. Avvallari yillab taslim bo‘lmagan Panjsher qanday qilib atigi uch kunda quladi?

    “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin universitetlarda afg‘onistonlik talabalar uchun yangi qoidalar joriy etildi. Jumladan, talaba xotin-qizlarga dars paytida abayya — butun tanani yopadigan uzun an’anaviy libos kiyish, shuningdek, faqat ko‘z qismi ochiq bo‘ladigan niqob taqish majburiy etib belgilandi. “Tolibon”ning yangi o‘quv yili uchun chiqargan farmonida qayd etilishicha, ayollar erkaklardan alohida o‘qitiladi, ayrim istisno holatlarda esa darsxonaning talaba qizlar joylashgan qismiga parda tortilishi zarur. Talaba qizlarga faqat ayol o‘qituvchilar dars berishi mumkin, buning iloji bo‘lmagan hollarda “obro‘si baland” keksa erkak o‘qituvchilarning saboq berishiga ruxsat etiladi.

    Keyinchalik Afg‘onistonda universitetlar yopildi. “Tolibon” vakili xotin-qizlardan xavfsizlik yuzasidan uydan chiqmaslikni so‘radi. “Bizning xavfsizlik kuchlarimizga ayollar bilan qanday munosabatda bo‘lish, ular bilan qanday muloqot qilish haqida o‘rgatilmagan. Mamlakatda to‘liq xavfsizlik o‘rnatilmaguncha ayollardan uyda qolishini so‘raymiz”, — dedi harakat vakili.

    Afg‘onistonda 2-fevralga kelibgina ayrim viloyatlardagi universitetlar qayta ochildi.

    “Toliblar”dan iborat yangi hukumat

    7-sentabr kuni “Tolibon” Afg‘onistonning yangi hukumatini e’lon qilib, harakatning marhum asoschisi Mulla Umarning yaqin safdoshi mulla Hasan Oxundni bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Mulla Abdul G‘ani Birodar esa bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi. “Haqqoniy tarmog‘i” guruhi asoschisining o‘g‘li Sirojuddin Haqqoniy ichki ishlar vaziri lavozimini egalladi.

    “Tolibon” oliy rahbari esa Mulla Haybatulla Oxunzoda edi. U 2016-yildan “Tolibon”ga rahbar bo‘lgan.  Ammo G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hukumat qulab, Kobulni toliblar egallab olguniga qadar umuman rasmiy bayonot bilan chiqish qilmagan. Uning atrofidagilar ushbu vaziyatni maxfiylik va yetakchining xavfsizligi bilan izohlagandi.

    Haybatulla Oxunzoda

    Haybatulla Oxunzoda
    Foto: Afghan Islamic Press

    IShID — “Tolibon” uchun eng katta tahdid bo‘lib qolmoqda

    2021-yilning kuzida Afg‘onistonning bir qator shaharlarida teraktlar kuzatiladi. Xususan, 8-oktabr kuni Qunduzdagi shialar masjidida, 15-oktabr kuni Qandahordagi masjidda, noyabr boshida esa Kobuldagi shifoxonada portlash ro‘y beradi. Oqibatda jami 150 ga yaqin odam halok bo‘ladi. Teraktlarning barchasi uchun javobgarlikni IShIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi bo‘yniga oladi. Bugun ham IShID Afg‘onistonda “Tolibon” uchun eng katta tahdid bo‘lib qolmoqda.

    Sobiq hukumat vakillarining holi nima kechdi?

    BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, avgust o‘rtalarida “Tolibon” hokimiyat tepasiga  kelgach, shu chog‘gacha mamlakat hukumatining sobiq a’zolari, xavfsizlik xizmati xodimlari va xorijliklar bilan ishlagan 100 nafardan ortiq fuqaro o‘ldirilgan. Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” sobiq hukumat va koalitsiya kuchlariga bog‘liq insonlarga “umumiy amnistiya” e’lon qilganiga qaramay, qurbonlarning kamida “uchdan ikki qismi” toliblar yoki ularga bog‘liq odamlar tomonidan sudsiz qatl etilgan.

    Ta’kidlanishicha, mamlakatda inson huquqlari himoyachilari va OAV xodimlariga nisbatan “hujum qilish, qo‘rqitish, ta’qib etish, o‘zboshimchalik bilan hibsga olish, shafqatsiz munosabatda bo‘lish va o‘ldirish” davom etmoqda.

    “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng Afg‘onistonda ocharchilik kuchaydi. Xalqaro mehnat tashkiloti u yerda yarim milliondan ortiq odam ishsiz qolganini ma’lum qildi. Ishsizlik darajasining bu qadar ortishiga ayollar bandligiga qo‘yilgan cheklovlar va ko‘plab davlat xizmatchilarining ishdan bo‘shatilishi, shuningdek, og‘ir iqtisodiy inqiroz sabab bo‘lmoqda.

    2021-yilning dekabrida “Tolibon” delegatlari Islom Hamkorlik Tashkiloti yig‘ilishida qatnashdi. Yig‘ilishda islom davlatlari Afg‘onistondagi iqtisodiy inqiroz chuqurlashib borayotgan bir paytda mamlakat uchun gumanitar yordam fondini tashkil etishga va’da berdi.

    “Tolibon” g‘alabasidan so‘ng xorijiy yordamlarning keskin chekinishi Afg‘onistonning zaif iqtisodini tanazzul yoqasida qoldirmoqda.

    Dunyo davlatlari haligacha “Tolibon” hukumatini tan olishni istamayapti. 2022-yilning yanvarida Shveysariyaning Jeneva shahrida Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mulla Hasan Oxund Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida xalqaro hamjamiyatni “Tolibon” ma’muriyatini rasman tan olishga chaqirdi.

    Bundan tashqari, “Tolibon” Norvegiyada ham bir qancha davlatlarning diplomatlari bilan uchrashdi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashida so‘zlagan nutqida Afg‘onistonda millionlab odamlar haddan tashqari ochlikdan aziyat chekayotgani, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar inqiroz yoqasida ekanini qayd etdi.

    “Tolibon hokimiyatni qo‘lga olganidan olti oy o‘tgach, Afg‘onistonda vaziyat o‘ta og‘ir darajaga yetdi. Afg‘onlar uchun kundalik hayot jahannamga aylandi”, — deydi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi.

    15.02.2022, 22:24   Izoh (0)   52469
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin Rossiyaning Ukraina bilan urushishni istamasligini ma’lum qildi

    15.02.2022, 21:58

    Avstraliyada minglab hamshiralar norozilik namoyishiga chiqdi

    15.02.2022, 18:06

    AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham diplomatlarining bir qismini Kiyevdan ko‘chirdi

    15.02.2022, 16:17

    Texas bosh prokurori Facebook’ni sudga berdi

    15.02.2022, 15:55

    “Putin Ukraina masalasida muzokaralarga tayyor” — Peskov

    15.02.2022, 14:08

    Gurbanguli Berdimuhamedov iste’foga chiqqach, Turkmanistonga katta ehtimol bilan uning o‘g‘li rahbar bo‘ladi. Kichik Berdimuhamedov haqida nimalar ma’lum?

    15.02.2022, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.