• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gurbanguli Berdimuhamedov iste’foga chiqqach, Turkmanistonga katta ehtimol bilan uning o‘g‘li rahbar bo‘ladi. Kichik Berdimuhamedov haqida nimalar ma’lum?

    11-fevral kuni Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti lavozimidan iste’foga chiqmoqchiligini ma’lum qildi. Davlat rahbari bu haqda Xalq Maslahati (mamlakat parlamentining yuqori palatasi) yig‘ilishida aytdi. Unda 2021-yil yakunlari va kelgusi 30 yilga mo‘ljallangan davlat siyosatining “ustuvor vazifalari” muhokama qilindi. O‘sha kuni Berdimuhamedov birinchi marta davlat rahbari etib saylanganiga 15 yil to‘lgandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    64 yoshli Arqadag‘ o‘zining “yosh yetakchilarga yo‘l ochish” haqidagi “qiyin” qarorini ikki yil avval “payg‘ambarlik yoshiga yetgani” bilan izohladi. U parlament yuqori palatasiga raislikni o‘zida saqlab qolmoqchi. Davlat rahbari boshqa vakolatlar haqida gapirmadi.

    Berdimuhamedov o‘z qarorini e’lon qilgan kunning ertasiga Majlis (parlament quyi palatasi) Turkmanistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini 2022-yil 12-martga belgiladi. Mustaqil Turkmaniston tarixida hozirgacha bor-yo‘g‘i ikki nafar prezident bo‘lgan: Berdimuhammedov va undan oldingi prezident Saparmurod Niyozov.

    Turkmanistonning amaldagi rahbar o‘zidan keyingi vorisi kimligini aytmadi, biroq mahalliy va xorijiy OAV uning yakka-yu yagona o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov mamlakatning yangi rahbari bo‘lishiga zarracha shubha qilmayapti. 2021-yil sentabr oyida Serdar 40 yoshini nishonlagan va prezidentlikka nomzod uchun zarur yosh chegarasidan o‘tgandi.

    Mutaxassislarning fikricha, hokimiyatni katta Berdimuhamedovdan kichik Berdimuhamedovga o‘tkazish jarayoni so‘nggi bir necha yildan buyon davom etgan va o‘tgan yili “marraga” yetib kelgan. Faqatgina iqtisodiy ahvolning yomonlashishi va aholi orasda norozilikning kuchayishi jarayonga to‘sqinlik qilishi mumkin, deydi ekspertlar.

    “Xronika Turkmenistana” qayd etganidek, 2016-yilning kuziga qadar Berdimuhamedovning o‘g‘li haqida deyarli hech narsa ma’lum emasdi. U birinchi marta 2012-yilgi prezidentlik saylovida otasi bilan saylov uchastkasiga borganida ommaviy axborot vositalarida tilga olingan.

    Kichik Berdimuhamedov haqida batafsilroq ma’lumotlar 2016-yilda, u ilk bor Turkmaniston parlamentiga deputat etib saylanganidan keyin paydo bo‘ldi. 2018-yilgi parlament saylovlari oldidan davlat matbuoti uning to‘liq tarjimayi holini e’lon qildi. Shundan ma’lum bo‘lishicha, Serdar Berdimuhamedov 1981-yil 22-sentabrda tug‘ilgan, oilali, to‘rt farzandi bor. Dastlabki ma’lumoti bo‘yicha texnologik muhandis, bir necha yil oziq-ovqat sanoati va neft-gaz sohasida ishlagan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Kichik Berdimuhamedov siyosatga kirishdan avval Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasida tahsil olgan. Shuningdek, Jeneva xavfsizlik siyosati markazida Yevropa va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. U o‘qish davomida Moskvadagi Turkmaniston elchisining maslahatchisi va Jenevada Turkmanistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimlarida ishlagan.

    Kichik Berdimuhamedov davlatga xizmati mobaynida Tashqi ishlar vazirligida ishlagan, sanoat vazirligi rahbari, shuningdek, Axal viloyati gubernatori bo‘lgan. Viloyatda u bilan ishlagan sobiq xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘l ostidagilar bilan suhbatida prezident o‘g‘lining eng yaxshi ko‘rgan iborasi “Bo‘yningni sindiraman!” edi. Bundan tashqari, ularga o‘z kabinetlarini zaruratsiz tark etish taqiqlangan, xonadan chiqadigan bo‘lsa, kichik Berdimuhammedov binoda bo‘lganida shovqin qilmaslik talab etilgan.

    2021-yil fevral oyida Serdar Berdimuhamedov yangi tashkil etilgan bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘shanda u aslida otasining o‘rinbosariga aylandi – Turkmanistonda bosh vazir lavozimi yo‘q, hukumatni esa prezident boshqaradi. Ayni paytda prezidentning o‘g‘li Turkmaniston Oliy nazorat palatasiga rais ham bo‘ldi va mamlakat xavfsizlik kengashiga kirdi.

    2014-yilda Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Fanlar akademiyasida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, so‘ng bir yildan kamroq vaqt ichida texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. U milliy jang san’ati federatsiyasini ham boshqaradi va Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy faxriy unvoniga ega.

    Kichik Berdimuhamedovning sevimli mashg‘ulotlari otasining sport, mashina va otlarga bo‘lgan muhabbatini to‘liq takrorlaydi. Davlat ommaviy axborot vositalarida ota va o‘g‘ilning ot minish, sport tadbirlari va avtopoygalarda birga qatnashishi haqida xabarlar berib turiladi.

    Turkmanistonda saylov kampaniyasi rasman 14-fevral kuni boshlandi. Saylov va referendum o‘tkazuvchi markaziy komissiyaning bayonotiga ko‘ra, da’vogarlar shu kundan boshlab o‘z nomzodini ko‘rsatishi mumkin. O‘sha kuni Turkmaniston Demokratik partiyasining navbatdan tashqari IX syezdida mamlakat prezidentligiga Serdar Berdimuhamedovning nomzodi ilgari surildi.

    Mavzuga doir: Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan itboqar” unvoni bilan taqdirladi

    15.02.2022, 12:40   Izoh (0)   35207
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eng birinchi kosmik sayyoh yil oxirida ilk bor koinotga chiqadi

    15.02.2022, 10:59

    Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi

    15.02.2022, 10:41

    AQSh Ukrainadagi elchixonasini Kiyevdan Lvovga ko‘chiradi. Diplomatik missiyaning kompyuter va tarmoq qurilmalari yo‘q qilinadi

    15.02.2022, 09:22

    Germaniya Ukrainaga 150 million yevro kredit ajratadi

    15.02.2022, 08:11

    Kanadada COVID-cheklovlari va bosh vazir Jastin Tryudoga qarshi keng ko‘lamli aksiya davom etmoqda. Politsiya harakatlariga qaramay, namoyishchilar AQSh bilan cheg...

    15.02.2022, 06:54

    Zelenskiy AQSh taxmin qilgan hujum sanasini Ukraina birligi kuni deb e’lon qildi

    15.02.2022, 00:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.