• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yuzlab odamlar Kobul aeroportida Afg‘onistondan uchib ketayotgan so‘nggi samolyotlarga chiqib olishga urindi. Bir necha kishi halok bo‘ldi (foto va video)

    Kobul aeroportida tartibsizlik va vahima avj olgan. Mahalliy aholi aeroportga bostirib kirishga urinmoqda. Bu haqda Al Arabiya telekanaliga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: Reuters

    Telekanal aeroport oldidagi maydonda bir necha yuz olomon to‘plangani, ulardan ayrimlari terminalga kirishga urinayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Ba’zi kishilar uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirib, uni to‘sib qo‘ygan.

    Al Arabiya ta’kidlashicha, diplomatik vakolatxonalar xodimlarini tashiyotgan vertolyotlar qatnovining jadallashishi vahimaga sabab bo‘lgan. Avvalroq bir necha mamlakat diplomatlari Kobulni tark etishi e’lon qilingandi. Ular mamlakatdan poytaxtdagi yagona aeroport orqali chiqib ketishi mumkin.

    Telekanal, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar xodimlari evakuatsiya qilinayotgan aeroport yaqinida otishma sodir bo‘lganini xabar qilmoqda. CNN Pentagon vakiliga tayanib xabar berishicha, Kobul aeroportida joylashgan AQSh qo‘shinlari “xavfsizlikni buzuvchi hodisalari”ni qayd etgan, ammo jang qilmagan. Mudofaa vazirligi vakilining qo‘shimcha qilishicha, aeroport xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etayotgan turk askarlari jangga kirganmi yoki yo‘q, noma’lum.

    Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, so‘nggi tijorat reyslari Kobuldan limmo-lim to‘lib uchib ketgan, go‘yoki samolyotlar ko‘tarila olmagani sababli bir necha kishini reysdan tushirishga to‘g‘ri kelgan.

    16-avgust kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir necha o‘nlab odamlar samolyot bortiga chiqib olishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Ular balandda joylashgan yo‘lovchilar o‘tadigan yo‘lakka osilib chiqmoqda.

    https://www.instagram.com/p/CSoAWOhnJMW/?utm_source=ig_embed&ig_rid=5a14ba6c-1c06-4aa8-96d1-8ec1120d9496

    Afg‘oniston fuqarolari Kobul aeroportida, 2021-yil 16-avgust

    Afg‘oniston fuqarolari Kobul aeroportida, 2021-yil 16-avgust
    Foto: AFP

    Afg‘oniston fuqarolari Kobul aeroportida, 2021-yil 16-avgust

    Afg‘oniston fuqarolari Kobul aeroportida, 2021-yil 16-avgust
    Foto: AFP

    Mahalliy jurnalist qo‘lida chamadon ko‘tarib aeroport tomonga yugurayotgan odamlarni videoga olgan. Unda o‘q ovozlari eshitilmoqda.

    https://www.instagram.com/p/CSoBN0vjtzC/?utm_source=ig_embed&ig_rid=1b0179a8-60ff-4ca4-81b5-2cd145bd882d

    Aeroportni nazorat qilayotgan amerikalik harbiylar harbiy samolyotlardan biriga chiqib olish uchun uchish-qo‘nish yo‘lagiga yugurib o‘tishga urinayotgan afg‘onlarni to‘xtatish maqsadida havoga ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

    “RIA Novosti” o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, otishma oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan. The Wall Street Journal kamida uch kishi, Al Arabiya besh kishi halok bo‘lgani haqida yozmoqda. Ta’kidlanishicha, odamlar otishma yoki tiqilinch oqibatida vafot etgani hali aniq emas.

    Associated Press xabariga ko‘ra, Kobuldan barcha muntazam reyslar bekor qilingan, faqat harbiy transport va harbiylar tomonidan yollangan yo‘lovchi samolyotlar o‘z ishini davom ettirmoqda, ular yordamida chet el fuqarolari Afg‘onistondan evakuatsiya qilinadi.

    “Tijoriy reyslarining to‘xtatilishi ‘Tolibon’ hukmronligidan qo‘rqqan afg‘onlar uchun mamlakatdan qochishning oxirgi yo‘llaridan birini to‘sib qo‘ydi”, — deb yozadi agentlik.

    Flightradar 24 xizmati xabariga ko‘ra, hozir Kobul aeroportida Amerikaning Lockheed KC-130J Hercules harbiy samolyoti turibdi. G‘arb matbuoti yozishicha, Vashington Afg‘onistondan bir necha yuz diplomatik xodimlarini evakuatsiya qilish niyatida.

    Xabarlarga ko‘ra, amerikalik diplomatlarni, NATO diplomatik vakolatxonalari xodimlarini, shuningdek, “Tolibon”ga qarshi kurashda G‘arbga yordam bergan afg‘on fuqarolarini evakuatsiya qilishda AQShning kamida 78 ta harbiy samolyoti ishtirok etmoqda.

    Bundan tashqari, operatsiyaga 10 ta Britaniya va 4 ta Kanada samolyoti jalb qilingan. Yaqin soatlarda Germaniya va Ispaniya samolyotlari kelishi kutilmoqda.

    Qayd etilishicha, aeroport respublikadagi “Tolibon” nazorati o‘rnatilmagan yagona joy. Ammo, G‘arb matbuoti xabariga ko‘ra, Kobuldan aeroportga olib boradigan yo‘lda jangarilar boshqaruvidagi yo‘ltanlamas armiya mashinalari ko‘rinib turadi, vaqti-vaqti bilan o‘q ovozlari eshitiladi, vertolyotlar osmonda patrullik qiladi.

    Kobul aeroportini NATO harbiylari va afg‘on armiyasi qo‘riqlamoqda.

    Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi “TASS”ga bergan intervyusida Kobul xalqaro aeroporti tijoriy reyslarni qabul qilishni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerdagi AQSh harbiylari havo harakatini boshqarishni o‘z qo‘liga olgan.

    “AQSh kuchlari hozirda afg‘onistonlik hamkasblari ko‘magida aeroportda havo harakatini boshqarish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldi. Vaqti-vaqti bilan uzilishlar va kechikishlar bo‘lsa-da, tijoriy reyslar davom etmoqda ”, — dedi u.

    “Biz aeroportdagi tartib va ​​tadbirlarni, shu jumladan, odamlarni ketishga tayyorlashni takomillashtirishni davom ettirmoqdamiz. Shu bilan birga, biz aeroportni himoya qilish choralarini kuchaytirmoqdamiz ”, — deb qo‘shimcha qildi Kirbi.

    Agens France-Presse agentligining xabar berishicha, tinch aholini Afg‘onistondan evakuatsiya qilish bo‘yicha tartibni ta’minlayotgan AQSh armiyasi olomon aerodromga bostirib kirganidan keyin havoga ogohlantiruvchi o‘q uza boshlagan.

    “Juda qo‘rqib ketyapman. Ular havoga o‘q uzmoqda. Bir qizning yugurib ketayotganini ko‘rgandim, u o‘ldi”, — deya hodisa guvohlaridan birining so‘zlarini keltirdi agentlik.

    16-avgust kuni ertalab Kobul aeroporti yaqinida qo‘lida qurol ushlagan “Tolibon” jangarilarini ko‘rishgan.

    “Tolibon” harakati a’zosi Kobul aeroporti yonida turibdi, 2021-yil 16-avgust

    “Tolibon” harakati a’zosi Kobul aeroporti yonida turibdi, 2021-yil 16-avgust
    Foto: Reuters

    Mavzuga doir:

    • Fotoreportaj: “Tolibon” qo‘liga o‘tgan Afg‘onistonda nimalar sodir bo‘lmoqda?
    • Dunyo “Tolibon”ning Afg‘onistondagi g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi? Mamlakatlar o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda, Rossiya o‘tish davri hukumati bilan hamkorlik qilmoqchi, Rim papasi duoda

    16.08.2021, 15:26   Izoh (0)   109042
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fotoreportaj: “Tolibon” qo‘liga o‘tgan Afg‘onistonda nimalar sodir bo‘lmoqda?

    16.08.2021, 13:55

    Dunyo “Tolibon”ning Afg‘onistondagi g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi? Mamlakatlar o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda, Rossiya o‘tish davri hukumati bilan h...

    16.08.2021, 12:26

    BMT Xavfsizlik Kengashi “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olgani munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazadi

    16.08.2021, 11:23

    “Tolibon” Afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qildi

    16.08.2021, 10:16

    Gaitida yuz bergan zilzila qurbonlari soni 1297 kishiga yetdi (foto)

    16.08.2021, 10:00

    AQSh hukumati Afg‘onistondagi urush haqida haqiqatni yashirmoqda — Washington Post

    16.08.2021, 07:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.