• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    S&P O‘zbekiston reytingini “BB-” darajasida saqlab qoldi, biroq prognozni oshirdi

    S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingi bahosini “BB-” darajasida saqlab qoldi, lekin reyting prognozini “salbiy”dan “barqaror”ga oshirdi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati kompaniya hisobotiga tayanib xabar berdi.

    Foto: Forbes

    Foto: Forbes

    Agentlik tomonidan O‘zbekistonga suveren kredit reyting ilk bor 2018-yil 21-dekabrda berilgan. Agentlik har yili ikki marta O‘zbekistonning suveren kredit reytingini qayta baholaydi va baholash jarayonida respublikadagi so‘nggi iqtisodiy yangiliklar bilan tanishadi.

    2020-yil iyun oyidan beri S&P reyting agentligi tomonidan 21 ta mamlakatning kredit reytingi pasaytirilgan va 13 ta mamlakatning, jumladan, O‘zbekistonning reyting prognozini “salbiy”ga tushirilgan edi.

    Mazkur qaror so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston tashqi qarzining nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sgani bilan izohlangandi. Shu bilan birga, kelgusi 12 oy davomida mamlakat tashqi qarzining o‘sish sur’ati barqarorlashmagan taqdirda O‘zbekiston kredit reytingini pasaytirishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.

    2021-yilning 10−11-may kunlari tashkil etilgan konferens-qo‘ng‘iroqlarda Moliya vazirligi, Markaziy bank va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining mutasaddi rahbarlari tomonidan respublikadagi makroiqtisodiy vaziyat va amalga oshirilayotgan islohotlar borasida ma’lumot taqdim etilgan.

    Ushbu konferens-qo‘ng‘iroqlardan so‘ng S&P reyting agentligining kredit qo‘mitasi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va mazkur qo‘mita O‘zbekistonning reyting prognozini quyidagi sabablarga ko‘ra, “salbiy”dan “barqaror”ga oshirishga qaror qilgan.

    S&P’ning qayd etishicha 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishga (1,6 foiz) erishgan dunyodagi kamdan kam mamlakatlardan biri bo‘lgan.

    Agentlikka ko‘ra, iqtisodiy o‘sishga asosiy sabab COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarining faoliyat yuritgani, yirik infratuzilma va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda hukumatning iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun ko‘rgan tezkor choralari bo‘lgan.

    2021-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 4,8 foizga o‘sishi prognoz qilingan bo‘lib, xizmatlar sektori asosiy o‘sish drayveri bo‘lishi agentlik tomonidan taxmin qilinmoqda.

    Hisobotga ko‘ra, tashqi qarz o‘sish sur’ati sekinlashgan hamda qisqa muddatli fiskal va tashqi xatarlar pasaygan.

    Xususan, “Davlat budjeti to‘g‘risida’gi qonunda davlat tashqi qarziga yillik limit (5 milliard dollar) va davlat qarzining eng yuqori miqdorining (yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60 foiz) belgilangani, shuningdek, davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olishga nisbatan yanada “talabchan” qoidalar tatbiq etilgani agentlik tomonidan ijobiy baholangan.

    Shuningdek, 2017-yildan buyon hukumat islohotlar va iqtisodiy modernizatsiya bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarida sezilarli ravishda ildamlagani ham qayd etilgan.

    Mazkur islohotlar iqtisodiyotning ishlab chiqarish samaradorligi hamda hukumatning institutsional salohiyatini yaxshilashiga ishonch bildirmoqda.

    S&P’ning kutilmalariga nisbatan O‘zbekistonning fiskal pozitsiyasi 2020−2021-yillarda yaxshilangan. Qayd etilishicha, 2020-yil mobaynida oltin narxining yuqoriligi davlat tushumlari va tashqi balansini qo‘llab-quvvatlab, umumiy fiskal defitsitning kutilganidan kamroq bo‘lishiga sabab bo‘ldi (2020-yil yakuniga umumiy fiskal defitsit 4,5 foizni tashkil etdi).

    Natijada budjetni qo‘llab-quvatlash uchun jalb qilingan mablag‘larning bir qismi tejalib, hukumat aktivlari miqdorining oshishiga erishilgan. Bu, o‘z navbatida, sof davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatining barqarorlashishiga o‘z hissasini qo‘shgan.

    Hisobotga ko‘ra, COVID-19 bilan bog‘liq xatarlar yuqoriligicha qolayotgan bo‘lsa-da, 2021-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi tezlashishi kutilmoqda.

    Hisobotda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning tashqi balansi 2020-yilni kutilganidan ko‘ra, yaxshiroq ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan. Agentlikka ko‘ra, 2020-yil yakunida davlat va moliyaviy sektorning likvid aktivlari umumiy tashqi qarz miqdoridan ko‘proq bo‘lgan.

    Hukumat tomonidan so‘nggi yillardagi bir qator islohotlar, xususan, sud hokimiyati mustaqilligini oshirish, so‘z erkinligiga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlash va fuqarolar oldidagi hisobodning oshishi, korrupsiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy ma’lumotlar ochiqligining yaxshilanishi, savdo va valyuta kursi liberalizatsiyasi hamda davlat korxonalari islohoti va xususiylashtirish rejalari alohida e’tirof etilgan.

    Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimini yaxshilash hukumatning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolayotgani ta’kidlangan.

    Shu bilan birga, aholi jon boshiga YaIM hajmini oshirish, pul-kredit siyosatining samaradorligini oshirish, hisobdorlik va institutlar o‘rtasidagi o‘zaro tiyib turish tizimining rivojlantirish zarurati qayd etilgan.

    Agentlik hisobotida O‘zbekiston reytingiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sanab o‘tilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyot o‘sish salohiyatining va fiskal hamda tashqi zaxiralar darajasining yaxshilanishi mamlakat kredit reytingini oshiruvchi omil bo‘lishi mumkin.

    Mamlakat kredit reytingini pasaytiruvchi omillar sifatida quyidagilar qayd etilgan:

    • agentlik kutilmalariga nisbatan O‘zbekistonning fiskal va tashqi zaxiralari tez sur’atlarda yoki sezilarli darajada kamaysa;
    • to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining yetarli emasligi natijasida qarz jalb qilish oshsa va tashqi aktivlar kamaysa;
    • iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasi sezilarli darajada oshsa;
    • davlat korxonalari holatining zaiflashuvi natijasida davlat shartli majburiyatlari amalga oshsa (ya’ni hukumat davlat korxonalarining qarzini to‘lasa).

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston xalqaro moliya institutlaridan 200 mln dollar qarz oladi
    • Jahon banki 2021—2022-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qildi

    05.06.2021, 17:25   Izoh (0)   10610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eriell Group: Tabiatni asragan holda kelajak quramiz

    05.06.2021, 16:30

    O‘zbekistonda bitiruvchilarning yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi

    05.06.2021, 15:33

    Talimarjon IES direktori elektr energiyadagi cheklovlarga yetishmovchilik sabab bo‘lmasligini ma’lum qildi

    05.06.2021, 13:23

    Qarshilik ota aliment o‘rniga farzandlariga uy bergan bo‘lsa, Kitob tumanida yashovchi qarzdor xotiniga 6,5 ming dollar to‘lab berdi

    05.06.2021, 12:28

    Oylik daromadini yashirgan farg‘onalik otadan voyaga yetmagan farzandlari uchun 100 mln so‘mdan ortiq aliment puli undirildi

    05.06.2021, 12:01

    Qashqadaryoda tadbirkor faoliyatini maxsus guvohnomasiz tekshirgan soliq xodimi 2,5 mln so‘m jarima to‘ladi

    05.06.2021, 11:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.