Daryo

O‘zbekiston xalqaro moliya institutlaridan 200 mln dollar qarz oladi

Olingan qarzning 35 million dollari 1000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari sotib olishga sarflanadi

2 daqiqa o‘qish25 042 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan jami 200 million dollar qarz oladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu haqda Prezidentning 27-maydagi “Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida ‘O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish’ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra,
  • Osiyo taraqqiyot bankidan 10 yillik imtiyozli davr bilan 40 yilda qaytarish sharti asosida 100 million dollar;
  • Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan 10 yillik imtiyozli davr bilan 30 yilda qaytarish sharti asosida 100 million dollar qarz jalb etiladi.
OTBdan ajratilgan mablag‘ning 35 million dollari 1000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositasi sotib olishga sarflanadi. 18-mayda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy rusumli tez tibbiy yordam mashinasi yetkazilishi zarurligini ta’kidlagandi. Bundan tashqari, loyihaning maqsadli ko‘rsatkichlaridan quyidagilarni amalga oshirish ham o‘rin olgan:
  • xalqaro standartlarga javob beruvchi 7 ta Milliy referens laboratoriya yaratish;
  • Sanitariya-epidemiologiya huzuridagi Milliy referens laboratoriyani tashkil etish;
  • 475 ta muassasani rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash;
  • SSV tizimidagi kamida 80 foiz tibbiyot xodimlarini COVID-19’ga qarshi tekshirish uchun test sinovlarini o‘tkazish.
  • 14 ta hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalari tashkil etish.
OTB va OIIB kreditlari bo‘yicha qarzni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, komission va boshqa xarajatlar bo‘yicha to‘lovlar Respublika budjetidan qoplanadi.

Ajratilgan mablag‘larning samarali va manzilli ishlatilishini bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va Sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev qat’iy nazorat qiladi.

Loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan esa Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nazorat o‘rnatadi.

Ma’lumot uchun, 2021-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 23,2 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 40,1 foizni tashkil etmoqda. Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, davlat qarzi 2021-yil boshiga nisbatan 133,7 million dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,3 foizga kamaygan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tashqi qarzi haqida gapirdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar