Ushbu muzqaymoq Sitsiliyada juda ham mashhur. Issiq mavsumda organizmni mukammal tetiklashtiruvchi shirinlikni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.
Kerakli mahsulotlar:
- qattiq qahva – 500 gramm;
- shakar – 100 gramm;
- vanil.
- Issiq qahva shakar bilan erigunga qadar yaxshilab aralashtiriladi.
- Aralashmani qolipga solib, muzlatkichga qo‘yiladi va har yarim soatda aralashtiriladi.
- So‘ngra aralashma alohida idishga olinib, sanchqi yordamida bir xil massa holiga keltiriladi va 30 daqiqaga yana muzlatkichga qo‘yiladi.
- Tayyor bo‘lgach, ta’bga ko‘ra bezatib, iste’mol qilish mumkin.
Izoh (0)