Ko‘pchilik gazli ichimliklarni yaxshi ko‘radi-yu, lekin tarkibidagi konservantlar va xushbo‘y moddalar haqida tashvishlanadi. Ushbu retseptni, albatta, uyda sinab ko‘rish mumkin. Ichimlikning ajoyib ta’mi ularni do‘kondan xarid qilishni unutishga undaydi.
Kerakli mahsulotlar:
- jigarrang shakar – 70 gramm;
- suv – 1 litr;
- limon – 1 dona;
- laym – 1 dona;
- apelsin – 2 dona;
- quritilgan apelsin po‘sti – 2 osh qoshiq;
- dolchin – 3 ta tayoq;
- koriandr urug‘lari – 2 choy qoshiq;
- yong‘oq – 1/2 choy qoshiq;
- shakar – 800 gramm;
- vanil – 1 choy qoshiq;
- gazli suv.
- Jigarrang shakar kichik idishda 7-8 daqiqa davomida o‘rta olovda eritib olinadi.
- Shakar butunlay erib, rangi to‘qlashib borganda, olov o‘chiriladi.
- Hosil bo‘lgan issiq karamel 40 gramm suvga quyiladi va sovutishga qo‘yiladi.
- Mevalar po‘sti mayda qirg‘ichdan o‘tkazilib, sharbati siqib olinadi.
- Qolgan suvga yangi va quritilgan meva po‘sti, shakar, koriandr, dolchin va yong‘oq solinadi.
- Shakar to‘liq erimaguncha sirop qaynatishda davom etiladi.
- Olov o‘chirilgach, siropga sitrus sharbatlari, karamel va vanil ekstrakti qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
- Hosil bo‘lgan aralashma to‘liq sovutiladi va elakdan o‘tkaziladi. Ta’bga ko‘ra gazli suv bilan suyiltiriladi.
Izoh (0)