O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi 24-avgust kuni Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Elchixonaning Facebook’dagi sahifasiga tegishli tabrik joylandi.

Ukrain tilida yozilgan tabrik matni quyidagicha:
Ushbu muhim kun Ukrainaning erkinlik, suverenitet va birlikka intilishining ramzi bo'lib, ukrain xalqining tinchlik, barqarorlik va farovonlikka bo‘lgan ruhi, matonati va tinimsiz intilishini aks ettiradi, deyiladi unda.
Elchixona Ukraina davlati va uning fuqarolariga tinchlik, totuvlik, farovonlik va yanada muvaffaqiyatli taraqqiyot tilagan. Prezident Vladimir Zelenskiyga tabrik yo‘llaganlar qatorida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham bor.
Bundan tashqari, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ozarbayjon, Turkiya, Isroil, Gruziya, Iordaniya va Pokiston ham tabrik yo‘llagan.
Izoh (0)