Shimoliy Koreya yangi modifikatsiyalangan ikkita zenit raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy Telegraf agentligi xabar berdi.

Raketa sinovlar jangovar xususiyatlarni tekshirish uchun o‘tkazilgan. Unda KXDR yetakchisi Kim Chen In ham ishtirok etgan.
Sinovlar davomida mutaxassislar havo nishonlarini yo‘q qilishda raketa tizimlarining jangovar imkoniyatlari samaradorligini aniqlagan, deyiladi xabarda.
Yangi zenit-raketa tizimi turli havo nishonlariga, jumladan, dronlar va qanotli raketalarga qarshi qo‘llanilishi mumkin.


Shimoliy Koreya 23-avgust kuni AQSH va Janubiy Koreyaning “Ulji ozodlik qalqoni” qo‘shma mashg‘ulotlari tufayli o‘zining jangovar tayyorgarligini kuchaytirishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi. KXDR bunday harakatlar mintaqadagi kuchlar muvozanatini izdan chiqarishi mumkinligini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida, 19-avgust kuni Koreya qurolli kuchlari Shimoliy Koreya chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochgandi. Pxenyan bu hodisani provokatsiya deb baholagan.
Janubiy chegara chizig‘i yaqinida doimiy to‘siqlar qurayotgan harbiylarimizning harakatlariga javoban 12,7 millimetrli yirik kalibrli pulemyotdan 10 dan ortiq ogohlantiruvchi o‘q uzishdi, dedi KXDR general-leytenanti.
General Amerika tomonini kamida ikki marta – 25-iyun va 18-iyul kunlari qurilish ishlari olib borilayotgani haqida xabardor qilganini eslatgan.
Izoh (0)