Fermer xo‘jaliklari tomonidan 2025-yilning o‘tgan davrida 64,1 milliard so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangani maʼlum qilindi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan suv nasoslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 246 ta holat aniqlangan. Bunda 64,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Joriy yilning 15-iyul kuni eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, shu turdagi 179 ta qonunbuzarlik holatida 33,5 milliard so‘mlik elektr toki o‘g‘irlangan edi.
Bu ko‘rsatkichlar iyul-avgust oylarida dehqon xo‘jaliklarida suv nasoslari orqali elektrdan noqonuniy foydalanish qariyb 2 barobarga oshganini ko‘rsatadi. 40 kunda 30,6 milliard so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.
Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida respublikada 1 999 ta, shu jumladan, Toshkent viloyatida 124 ta holatda energiya resurslarini behuda sarflash holatlari aniqlangani xabar qilingandi.
Izoh (0)