Daryo

Nozik ta’mni qadrlovchilar uchun: limonli muss-chizkeyk retsepti

Sarxil sitrus mevaning yengil ifori, krem-pishloqning nozik ta’mi, pechenyening mayin qirsillashi — mazkur shirinlikda uyg‘unlashadi

1 daqiqa o‘qish29 366 ko‘rishlar0 izoh0
Foot: Lifehacer

Sarxil sitrus mevaning yengil ifori, krem-pishloqning nozik ta’mi, pechenyening mayin qirsillashi — mazkur shirinlikda uyg‘unlashadi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • shirin kreker yoki pechenye — 100 g;
  • limon — 1 ta;
  • krem-pishloq — 360 g;
  • shakar kukuni — 130 g;
  • qaymoq — 120 ml;
  • tuz— bir chimdim.
Bezash uchun:
  • limon — 3-4 bo‘lak;
  • yalpiz yaprog‘i — 1-2 dona.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Krekerlarni maydalab, 2 osh qoshig‘ini olib qo‘ying. Qolganini stakanga soling.
  2. Limon sharbatini siqib oling. Krem-pishloqni mikser yordamida ko‘pirtiring. Unga shakar kukuni, limon sharbati, tuz solib, silliq massa hosil bo‘lguncha mikserlashda davom eting.
  3. Muzlatkichdagi qaymoqni ham mikserda ko‘pirtirib, ehtiyotkorlik bilan pishloqli massaga qo‘shing.
  4. Tayyor mussni pechenye solingan stakanlarga quying. Shirinlikni 1 soatga muzlatkichga qo‘ying.
  5. Olib qo‘yilgan 2 osh qoshiq pechenyeni muss ustiga seping. Shuningdek, limon bo‘laklari va yalpiz yaprog‘i bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar