Daryo

Uy sharoitida limondan tayyorlanuvchi 5 xil limonad retsepti

Birgina limon yordamida turli xil foydali ichimliklar tayyorlash mumkin

2 daqiqa o‘qish63 138 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “championat.com”

Yozning issiq kunlarida bekajonlar uy sharoitida chanqoqbosti ichimlik tayyorlashni xush ko‘radi. Birgina limon yordamida turli xil foydali ichimliklar tayyorlash mumkin. Shuningdek limonadlar tanani pandemiyadan so‘ng tiklanishida hamda kuz mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi.

Foto: “championat.com”

Shovulli limonad

Kerakli mahsulotlar:
  • shovul – 200-300 gramm;
  • shakar – 150 gramm;
  • suv – 500 ml;
  • limon – 1 dona;
  • gazlangan suv – 1 litr.
Tayyorlanish jarayoni:

Shovul yaxshilab yuviladi, barglari ajratib olinadi. Blender yordamida maydalanadi. Shakar qaynagan suv bilan aralashtirilib, sirop tayyorlanadi. Sirop ustidan maydalangan shovul aralashtiriladi. So‘ngra ustidan limon sharbati siqib, quyiladi. Olingan massaga gazlangan suv qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Sovigach muz solib, ichish mumkin.

https://www.instagram.com/p/CBZ8hf5Id6T/

Tarxun

Kerakli mahsulotlar:
  • limon – 2 dona;
  • shakar – 250 gramm;
  • gazalangan suv, estragon.
Tayyorlanish jarayoni:

Limon tozalanib, bo‘laklarga bo‘linadi. Estragon va limon blendrga solinadi va oz miqdorda gazlangan suv qo‘shiladi. Olingan aralashma elakdan o‘tkaziladi va shakar qo‘shiladi. Ichimlik juda shirin bo‘lmasligi uchun suv bilan suyiltiriladi. Tayyor bo‘lgan ichimlikka ta’bga ko‘ra muz solish mumkin.

https://www.instagram.com/p/CAvRIuOAupJ/

Tetiklantiruvchi limonad

Kerakli mahsulotlar:
  • suv – 1,3 litr
  • limon – 1 dona;
  • apelsin – 1 dona;
  • shakar – 130 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:

Mevalar po‘sti olib tashlanadi va ikkiga bo‘linadi. Ularning sharbati siqib olingach, po‘stlog‘i ham qo‘shiladi. Ustidan shakar va suv qo‘shiladi. Yaxshilab aralashtirilib, muzlatgichga qo‘yiladi. Ichimlikka yalpiz ham qo‘shish mumkin.

https://www.instagram.com/p/CCTIyZNq8W/

Tarvuzli limonad

Kerakli mahsulotlar:
  • limon sharbati – 1/2 stakan;
  • tarvuz sharbati – 2 stakan;
  • suv – 2 stakan;
  • shakar, yalpiz.
Tayyorlanish jarayoni:

Alohida idishda suv, limon, shakar aralashtiriladi. So‘ngra sovutishga qo‘yiladi. Tarvuzning urug‘lardan tozalangan meva qismini blender yordamida aralashtirib, limon sharbati qo‘shiladi. Muz va yalpiz ta’bga ko‘ra solinadi.

https://www.instagram.com/p/CFAP0lsFmNG/

Rayhonli limonad

Kerakli mahsulotlar:
  • rayhon – 1 to‘plam;
  • shakar – 1/2 stakan;
  • oddiy suv – 2 stakan;
  • gazlangan suv – 1 litr;
  • limon – 1 dona.
Tayyorlanish jarayoni:

Oddiy suv bilan shakar qaynatib olinadi. Rayhon juda mayda to‘g‘ralib, qaynab tirgan siropga solinadi. Sovitish uchun 4-5 soatga qoldiriladi. So‘ngra sirop alohida idishga olinib, limon sharbati va muzlatilgan gazli suv quyiladi. Ta’bga ko‘ra gazsiz suv ham qo‘shish mumkin.

https://www.instagram.com/p/CCbrfvZoiEs/ Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar