• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Suvaysh kanali orqali kemalar qatnovi uch kundan keyin to‘liq tiklanadi

    Misr prezidenti Abdul-Fattoh as-Sisi Ever Given kemasining sayozlikka tiqilib qolishi oqibatida to‘sib qo‘yilgan Suvaysh kanalini blokdan chiqarish ishlari muvaffaqiyatli yakunlanganini e’lon qildi. Kanal bo‘ylab kemalar qatnovini uch yarim kun ichida to‘liq tiklash rejalashtirilmoqda, deb yozadi “RBK”.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Bugun misrliklar turli jabhalardagi katta texnik qiyinchiliklarga qaramay, Suvaysh kanalidagi inqirozni tugatishga muvaffaq bo‘ldi. Misrliklarning qo‘llari bilan ishlarni normal holatga qaytarish natijasida butun dunyo o‘z tovar va ehtiyojlarini ushbu bo‘ylama kemalar qatnov yo‘li orqali o‘tkazishda davom etishi mumkin”, — dedi prezident.

    Suvaysh kanali ma’muriyati rahbari Usama Rabiyening aytishicha, kemalarning kanal orqali normal harakatini tiklash uchun uch yarim kun kerak bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, Ever Given to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng kema texnik ko‘rik uchun Buyuk ko‘llar mintaqasiga yuboriladi, shundan keyin kanal bo‘ylab kemalar harakati qayta tiklanadi. “Hodisa oqibatida navbatda turib qolgan barcha kemalarni o‘tkazib yuborish va tirbandlikni tugatish uchun kanal sutkasiga 24 soat ishlaydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    Rabiyening so‘zlariga ko‘ra, Ever Given’ni tortib olish jarayonida mutaxassislar kemadagi yoqilg‘ining suvga to‘kilishinngi oldini olish uchun kema kuchini saqlashga harakat qilgan va bu muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Shuningdek, hodisa tufayli Suvaysh kanali yaqinida 356 ta kema to‘planib qolgan.

    Usama Rabiye konteyner tashuvchi kemani sayozlikdan chiqarish ishlariga yordam bergan barcha mamlakatlarga, shu jumladan, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, AQSh, Xitoy, Gretsiya va Fransiyaga minnatdorchilik bildirdi.

    Eslatib o‘tamiz, 23-mart kuni Ever Given kemasi kuchli shamol va qum bo‘roni tufayli yo‘nalishini o‘zgartirib, burun va quyruq qismlari bilan ikkala qirg‘oqqa tiralib qolib, Suvaysh kanalining bir magistralli janubiy qismini to‘sib qo‘ygan edi. Buning natijasida 450 dan ortiq kemalardan iborat tirbandlik yuzaga kelgan edi, deb yozadi Bloomberg.

    Kema ushbu kanal orqali harakatni butunlay to‘xtatib qo‘ygandi. Dastlab kemalar qatnaydigan yo‘lni ochishga ikki—uch kun ketishi taxmin qilingan edi. Ammo Ever Given’ni sayozlikdan chiqarib olishga urinayotgan Boskalis kompaniyasi rahbari Piter Berdovski bunga haftalab vaqt ketishi mumkinligini aytgandi.

    Keyinroq Ever Given konteyner tashuvchi kemasi atrofidagi suv tubini qazish ishlari boshlandi. Kema 26-mart kuni kechqurun o‘z joyidan biroz siljitildi.

    Kemalar qatnovi bo‘yicha Lloyd’s List kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Suvaysh kanalida sayozlikka tiqilib qolgan Ever Given konteyner tashuvchi kemasi tomonidan kemalar yo‘lining to‘sib qo‘yilishi jahon savdosiga soatiga 400 million dollarga tushayotgan edi. Misrning Ever Given bilan bog‘liq vaziyatdan ko‘rayotgan talafoti kuniga 14 million dollarga baholangandi.

    Avvalroq Misr prezidenti Abdul as-Sisi konteyner kemasini yuklardan bo‘shatishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashni buyurgan, kemadan yuklarni tushirish 30-mart kuni boshlanishi mumkinligi aytilgan edi.

    29.03.2021, 23:34   Izoh (0)   17500
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aleksey Navalniy axloq tuzatish koloniyasida ikki hafta ichida oltita tanbeh oldi

    29.03.2021, 21:46

    Slovakiya bosh vaziri moliya vaziriga lavozimlar bilan almashishni taklif qildi

    29.03.2021, 20:33

    Avstraliya bosh prokurori va mudofaa vaziri zo‘rlashga oid mojarolar tufayli iste’foga chiqdi

    29.03.2021, 17:25

    Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Birinchi bo‘lib sog‘liqni saqlash vaziri emlandi (video)

    29.03.2021, 16:47

    Qozog‘istonda “britancha” va “afrikacha” shtammlar aniqlandi, Tojikistonda to‘y mehmonlarini ko‘paytirishga ruxsat berildi. Markaziy Osiyo koronaxabarlari

    29.03.2021, 16:09

    Turkmanistonda birinchi marta parlament yuqori palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi

    29.03.2021, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.