• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘istonda “britancha” va “afrikacha” shtammlar aniqlandi, Tojikistonda to‘y mehmonlarini ko‘paytirishga ruxsat berildi. Markaziy Osiyo koronaxabarlari

    Markaziy Osiyo mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi yangiliklar — “Daryo” dayjestida.

    Qozog‘iston

    Qozog‘istonning Olmaota shahrida 21-martdan buyon amal qilib kelayotgan karantin cheklovlari uzaytirildi. Shahar bosh sanitar shifokori Jandarbek Bekshin tegishli qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 29-martdan 12-aprelgacha shaharda amal qiladigan yangi cheklovlar diniy tadbirlarni taqiqlaydi, xususan, jamoaviy namoz o‘qish, Ramazon oyida esa iftorlar o‘tkazish mumkin emas, shuningdek, dafn marosimlari va boshqa ma’rakalar ham yaqin oila a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari va talabalar ta’limning masofaviy shakliga o‘tkaziladi.

    Jandarbek Bekshin 26-mart kuni Olmaotada koronavirusning yanada yuqumliroq deb hisoblanuvchi “britancha” va “janubiy afrikacha” shtammlariga xos bo‘lgan mutatsiyalar aniqlanganini ma’lum qildi. “Yangi shtammlarning yuqumlilik darajasi avvalgi odatiy shtammga qaraganda 70 foizga yuqori… Aynan shu narsa so‘nggi vaqtlarda shaharda kuzatilayotgan kasallik yuqishining o‘sishiga turtki bermoqda”, — dedi u.

    28-mart holatiga, bir kecha-kunduzda Qozog‘istonda 1492 kishida koronavirus aniqlangan. Olmaotada bir kun avvalgiga nisbatan (510 kishi) kamroq kasallanish holatlari (415 kishi) aniqlangan. Nur-Sultonda esa 346 kishida kasallik aniqlangan. Mamlakatda pandemiya boshidan buyon koronavirusni yuqtirganlar soni 241 873 kishiga yetgan.

    Qozog‘istonda 1-fevraldan aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Mamlakat aholisi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanmoqda. Hozirda Rossiyaning vaksinasi Qozog‘istondagi Qarag‘anda farmatsevtika majmuasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

    Qirg‘iziston

    Qirg‘izistonda esa hozircha cheklov choralari kiritilmaydi, ammo jamoat joylarida sanitariya qoidalari kuchaytiriladi. Xususan, fuqarolar jamoat joylarida niqob taqishi kerak. Bu haqda bosh vazir birinchi o‘rinbosari va Respublika koronavirusga qarshi kurash shtabi boshlig‘i Artyom Novikov ko‘rsatma berdi.

    Uning aytishicha, bundan keyingi choralar mahalliy hukumat organlari tomonidan mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib qo‘llaniladi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha muassasalarda, yopiq binolarda niqob taqish rejimiga so‘zsiz rioya qilinishi kerak, dedi Novikov.

    Qirg‘izistonda so‘nggi kunlarda koronavirusga chalinish hollari ko‘paymoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatda har kuni 100 ga yaqin holat aniqlanmoqda. Xususan, 29-mart holatiga, o‘tgan bir kecha-kunduzda Qirg‘izistonda 71 kishida COVID-19 aniqlangan, shulardan 53 nafari Bishkek fuqarolaridir. Shu tariqa, pandemiya boshidan buyon koronavirusga chalinganlar soni 88 163 kishiga yetgan.

    Qayd etish joiz, bugun, 29-mart kuni Qirg‘izistonda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Birinchi bo‘lib sog‘liqni saqlash vaziri Olimqodir Beyshenaliyev Xitoyning SinoPharm vaksinasi bilan emlandi.

    Tojikiston

    Skrinshot: Asia-Plus

    Skrinshot: Asia-Plus

    Tojikistonda 100 nafargacha odam ishtirokida to‘ylar o‘tkazishga ruxsat berildi, ammo sanitariya va epidemiyaga qarshi choralarga rioya qilinishi shart. Bunday qaror Respublika COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurash shtabi tomonidan mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq sanitar-epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi sababli qabul qilingan.

    O‘tgan bir yil davomida Tojikistonda to‘ylarda ko‘pi bilan 30-40 kishini chaqirish mumkin edi. O‘tgan yilning aprelida esa to‘y marosimlarini o‘tkazish vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. 2020-yil yoz fasli boshida esa mehmonlarning sonini cheklagan holda, faqat yaqin qarindoshlar ishtirokida 30-40 kishilik to‘ylarga ruxsat berilgandi.

    Tojikistonda 22-martdan aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Davlat rahbarining vaksinatsiya bo‘yicha imzolagan farmoniga ko‘ra, mamlakat aholisini emlash aholining zaif guruhlari o‘rtasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

    26-yanvar kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘zining parlamentga an’anaviy yillik murojaatida mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qilgandi. O‘shanda 11-yanvardan buyon mamlakatda birorta ham koronavirusga chalinish holati qayd etilmagani xabar berilgandi.

    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021-yilgi kunlik antirekord ketma-ket beshinchi kun yangilandi.

    O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 82 536 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 28-mart kuni mamlakatning 10 ta hududida jami 196 ta kasallanish holati aniqlangan. Bu 2021-yil hisobidan yangi antirekorddir. Bundan avvalgi eng yomon ko‘rsatkich (194 ta holat) bir kun avval — 27-mart kuni qayd etilgan edi.

    Avvalroq O‘zbekistonda mart oyidan boshlab koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagani munosabati bilan bir qator ta’lim muassasalari vaqtincha yopilgani yoki ta’limni masofaviy shaklga o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 1-apreldan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatilmoqda.

    O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash 1-apreldan boshlanadi.

    Turkmaniston

    Avvalroq Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida shifokor va politsiyachilarni Xitoy vaksinasi bilan emlash boshlangani haqida xabar berilgandi. Xabarga ko‘ra, vaksinaning partiyasi 6-mart kuni mamlakatga olib kelingan. Aynan qaysi vaksinadan foydalanilganini aniqlashning iloji bo‘lmagan, chunki preparatning nomi xitoycha harflarda yozilgan.

    Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, Turkmaniston poytaxti Ashxobodda aholini emlash 12-martdan boshlangan. Buning uchun Turkmanistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan Xitoy vaksinasi — Vero Cell qo‘llanilmoqda. Lebap viloyatida esa sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining qariyb 80 foizi koronavirusga qarshi emlangan.

    29.03.2021, 16:09   Izoh (0)   18188
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmanistonda birinchi marta parlament yuqori palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi

    29.03.2021, 15:22

    Nikol Pashinyan muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilishi uchun aprelda iste’foga chiqishga va’da berdi

    29.03.2021, 12:58

    Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasi sayozlikdan chiqarildi

    29.03.2021, 09:31

    Ever Given kemasini besh kundan buyon sayozlikdan chiqara olishmayapti. Misr prezidenti kemadan yuklarni tushirishga tayyorlanishni buyurdi

    29.03.2021, 08:52

    Pekinga bir oy ichida ikkinchi bor qum bo‘roni yopirildi (foto)

    29.03.2021, 07:07

    Saudiya Arabistonida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash uchun 10 mlrd daraxt ekiladi

    29.03.2021, 06:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.