Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan gips ishlab chiqarish sexi faoliyati davomida “Hududgazta’minot” viloyat filialiga 46 million 335 ming so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Holat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Kogon tumani bo‘limi xodimlari hamkorligidagi tadbirda aniqlandi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Kogon tuman bo‘limi, “O‘zdavneftgaz” inspeksiya viloyat filiali va Kogon tuman “Gaz ta’minoti” bo‘limi xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda gips ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan gaz hisoblagich ko‘rsatkichini o‘zgartirish maqsadida unga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani aniqlangan. Oqibatda “Hududgazta’minot” Buxoro viloyati filiali manfaatlariga 46 million 335 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Ushbu qonunbuzarlik fuqaro N.N.tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan N.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)