• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Vazirlar surguni, Abduqodir Toshqulovning bir haftasi, lotin yozuviga o‘tish mashaqqatlari

    Axborot ko‘rsatuvlari ob-havoni ko‘p aytsa g‘ashingiz kelmasin, shu mavzu bo‘lmasa, o‘n odamdan to‘qqiztasi gapni nimadan boshlashni bilmay qoladi. Biz ham gapni ob-havo ilib qolganini e’tirof etishdan boshlaymiz. Surxondaryoda bodom gulladi, degan xabar chop etdik. Xabarning ostidagi izohga ishonsak, vohada o‘rik ham gullab ulguribdi.

    Endi vazirlarni poytaxtdan qidirmang, ular viloyatda bo‘ladi. Vazir Toshkentda o‘tirmasdan respublikaga xizmat qilishi kerakligidan kelib chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev “Vazirlar dushanba kuni bosh vazirga hisobotlarini beradi, yangi ish rejasini tuzib oladi va viloyatlarga jo‘naydi. Vazirlar faqat shanba va yakshanba kunlari Toshkentda bo‘lishadi. Yakshanba kuni uyda bo‘ladi, yaxshilab dam olib, bola va nevaralarni o‘qitib, dushanbadan yana hududlarga ketishadi. Agar hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman. Vazir respublikaga xizmat qiladi, Toshkentni qorovullab o‘tirmaydi”, dedi.

    Ammo vazirlar yoppasiga darhol viloyatlarga yo‘l olgani haqida xabarlar yo‘q (oliy ta’lim vazirini aytmaganda). Zotan, poytaxtdan tashrif buyurgan oliy martabali mehmonning xarajatlari ham o‘ziga yarasha bo‘lishi shubhasiz.

    * * *

    Saharlab uyg‘onishni istaganlar budilnikni zarur vaqtga sozlaydi, biroq turgisi kelmasa, jiringlagan soatni qayta-qayta oldinga surib qo‘yib yotaveradi. 2023-yildan boshlab lotin alifbosiga to‘la o‘tiladigan bo‘ldi. Faqat bu bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu orada lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida “O‘zbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish; rasmiy veb-saytlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash kabi ishlar bajariladi. Bundan tashqari shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari; ish qog‘ozlari, turli blanklar; mamlakatdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi. Markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi”.

    Eslatib o‘tamiz: 1993-yildagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida, dastavval, 2000-yilning 1-sentabrida, keyin 2005-yilning 1-sentabrida, undan keyin 2010-yilning 1-sentabrida to‘liq tugallanishi yozilgan. 2018-yilda esa 2021-yildan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish ta’minlanishi belgilangan edi.

    * * *

    Bir-biridan chiroyli qurilishlar ko‘paymoqda, biroq elektr va gaz liniyalariga hamda kanalizatsiya tarmog‘iga tushayotgan qo‘shimcha yuklanish hisobga olinmayotgan shaharlar ko‘p. Oqibatda esa transformatorlar portlagan, gaz taqsimlagich zo‘riqqan, kanalizatsiya esa bot-bot tiqiladigan ahvolni ko‘rmoqdamiz. Bu mutlaqo rejasiz qurilishlar tufaylidir. Ayniqsa, qurilish cho‘zilib, mahalliy aholini chang-to‘zonga duchor qilgani ortiqcha.

    Foto: Farg‘ona viloyati matbuot xizmati

    Foto: Farg‘ona viloyati matbuot xizmati

    Farg‘onada shunday “tochechniy” qurilishlarga chek qo‘yish boshlandi. Shaharda ko‘p qavatli turar joylar o‘rtasida barcha qurilishlar to‘xtatilib, poydevor uchun qazilgan kotlovanlar ko‘miladi. Bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi. Viloyat hokimi birgalikda o‘rganish olib borayotgan shahar hokimi va prokuroriga 13-fevraldan boshlab Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar joylar o‘rtasida olib borilayotgan barcha qurilishlarni to‘xtatish hamda bunday qurilishlarga ruxsat berish bilan bog‘liq qarorlarni bekor qilish yuzasidan topshiriq berdi. Shu sababli poydevor uchun qazilgan kotlovanlar barchasi ko‘mib tashlanadi, qurilishi yakunlashish bosqichida bo‘lgan inshootlarning har birining qonuniyligi bo‘yicha shahar prokuraturasi o‘rganish olib boradi.

    Barcha hududlarda buzib tashlangan bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi, qurilish egalari kesilgan har bir daraxt o‘rniga 100 tupdan manzarali daraxt ekishi ta’minlanadi. To‘xtatilgan qurilishlar o‘rniga tadbirkorlarga bino qurish uchun boshqa joydan yer maydoni taklif etiladi.

    * * *

    O‘tgan oy tayinlangan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va uning bayonotlari bu hafta muhokamalar markazida bo‘ldi. Buni “Daryo” saytidagi Abduqodir Toshqulov to‘g‘risidagi xabarlar ko‘pligidan sezishingiz mumkin. Azaldan martabali mehmonlarga qizlar gul ko‘tarib chiqishi “qadriyat”ga aylanib qolgan. Toshkent shahar hokimligining 50 nafar talaba qizni so‘raganligiga munosabat bildirgan vazir Abduqodir Toshqulov bu muammoni fosh qilib tashladi. “...Eng yomon ko‘rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish (fon) uchun nega mening gul qizlarim gul ko‘tarib chiqishi kerak? U yerga ham o‘z farzandingizni qo‘yib ko‘ring. Bu bo‘yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu — majburiy mehnatning bir ko‘rinishi. Ya’ni u qizlar xohlab borayotgani yo‘q. Sovuqda, darsdan chiqib, to‘garakka borish kerak bo‘lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko‘ylakni kiyib, gul ko‘tarib borish qaysi qizga yoqadi?” dedi yangi vazir.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shundan keyin bir qator rektorlar Toshqulovning tanqidiga nishon bo‘ldi. Vazir oliy ta’lim muassasasida hammasi isloh etilishi uchun uch oy zarurligini aytdi. Vodiyga safar uyushtirib, Qo‘qon davlat pedagogika institutidagi sharoitlarni qattiq tanqid ostiga oldi, bir qator mas’ullarga chora ko‘rildi. Namanganda Abduqodir Toshqulovning institut talabalari oshxonasida tushlik qilgani fotosurati tarqalib ketdi.

    “Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qizlarning bitta qavatda yashashi juda uyatli”, — dedi Abduqodir Toshqulov yopiq tarzda o‘tkazgan yig‘ilishida. “Qizingiz o‘g‘il bola bilan bitta xonada ovqat tayyorlashini xohlarmidingiz? Qizingiz o‘g‘il bolalarga har kuni ovqat pishirib berishini xohlarmidingiz? Kirini yuvishini xohlarmidingiz?” deb savollar qo‘ydi hamda qavatlar orasini to‘sishni taklif qildi.

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining yana bir tashabbusi muhokamalardan chetda qolmadi. Bu 10-fevral kuni bir dona Malibu-2 xizmat mashinasini xarid qilish uchun shartnoma tuzganidir. Bu xizmat mashinasining narxi 325 million so‘mdan ko‘proq ekan.

    * * *

    O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga atab Toshkent shahrida “Istiqlol” kompleksi barpo etilishi rejalashtirilgan. Majmuani barpo etish joyi sifatida Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari oralig‘ida, Markaziy univermag (“SUM”) qarshisidagi hudud tanlangan. Ammo, lekin, biroq “mustaqillikning mohiyati va ulkan tarixiy ahamiyatini aks ettiruvchi monumental kompozitsiya”ni yaratish kerak bo‘lgan joyda yashnab turgan bog‘ bor. Shu sababli loyiha keng xalq ommasi va ekologlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Saida Mirziyoyeva bog‘larni asrash lozimligi haqida yozdi. Toshkentlik faollar bog‘ himoyasi yo‘lida imzo to‘plashni boshladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kecha Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shu masala yuzasidan aholi bilan uchrashib, tegishli yerda “Istiqlol” majmuasi mustaqillikning ramzini aks ettiruvchi stela barpo etilishini, boshqa hech qanday qurilish inshootlari bo‘lmasligini tushuntirdi. “Agar bu yerda o‘sha majmua qurilsa, 100 yillar davomida bu bog‘ga hech kim tegmaydi. Men hozir shahar hokimiman. Bu bog‘ni saqlab qolishim mumkin. Ammo men ketganimdan keyin keladigan hokim bu joyni mehmonxona qurilishiga berib yuboradi. Shuning uchun mustaqillik ramzi shu yerda qurilishi kerak. Agar bog‘dagi bir dona daraxt kesilsa, men o‘sha kuniyoq ariza yozib lavozimimdan ketaman”, — dedi poytaxt hokimi. Uning aytishicha, bog‘ hududiga qo‘shimcha daraxtlar ham ekiladi.

    Dayjestimiz nihoyasiga yetdi. “Daryo”da qoling. Dunyo va O‘zbekiston xabarlaridan eng birinchi voqif bo‘ling.

    14.02.2021, 23:15   Izoh (0)   111927
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi rekonstruksiya qilinib, 8 ming o‘rinli masjid quriladi

    14.02.2021, 22:35

    Qarshida qizning telefon so‘zlashuvini qarindoshlariga jo‘natish bilan qo‘rqitib, uning onasidan 1000 dollar talab qilgan yigit ushlandi

    14.02.2021, 21:13

    Farg‘onada ko‘p qavatli turar joylar o‘rtasida barcha qurilishlar to‘xtatilib, bolalar va sport maydonchalari qayta tiklanadi

    14.02.2021, 17:38

    “O‘zgidromet” 15-fevralda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    14.02.2021, 16:37

    Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar oshxonasida tushlik qildi

    14.02.2021, 15:36

    “Bog‘ himoyasi uchun 9 mingta ovoz to‘planibdi, monument uchun 90 mingta ovoz yig‘amiz” — mahalla raisi “SUM” qarshisida mustaqillik stelasi qurilishini qo‘llab-qu...

    14.02.2021, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20

    “Bobom bag‘rimizga qaytganlaridan xursandmiz!”

    O‘zbekiston | 30 may, 22:10

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:58

    “Real” klublar o‘rtasidagi JCH g‘olib bo‘lsa, futbolchilar 1 mln yevrodan bonus oladi

    Sport | 30 may, 21:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.