• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi “SUM” ro‘parasida Istiqlol majmuasi quriladi

    Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Istiqlol” majmuasi konsepsiyasi loyihasini yaratish uchun tanlov e’lon qildi.

    “Istiqlol” majmuasining taxminiy loyihasi

    “Istiqlol” majmuasining taxminiy loyihasi
    Foto: “Gazeta.uz”

    Shahar ma’muriyatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, majmuani barpo etish joyi sifatida Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari oralig‘ida, Markaziy univermag (SUM) qarshisidagi hudud tanlangan.

    “Istiqlol” majmuasini qurish va unda “mustaqillikning mohiyati va ulkan tarixiy ahamiyatini aks ettiruvchi monumental kompozitsiya”ni yaratish Prezidentning 2020-yil 17-dekabrdagi farmonida ko‘zda tutilgan edi.

    Tanlov doirasida “O‘zbek davlatchiligining 3 ming yillik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, ma’naviy tarixi hamda o‘tgan 30 yil, ayniqsa, Yangi O‘zbekistonni qurish bosqichini o‘zida qamrab olgan jarayonlarni gavdalantiruvchi” “Istiqlol” majmuasi konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish zarur.

    Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yuridik va jismoniy shaxslar (ijodkorlar) tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z takliflarini ishlab chiqishlari talab etiladi:

    • majmuaning bosh g‘oyasi;
    • majmuaning tuzilmasi – bosh rejasi (maydondagi ko‘p yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolish sharti bilan);
    • majmuaning asosiy ramzi va timsollari;
    • majmuada aks ettiriladigan tarixiy voqeliklar (o‘zbek davlatchiligining 3 ming yillik tarixi, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy sohalardagi yutuqlarini inobatga olgan holda);
    • tarixan mamlakat rivoji va mustahkamlanishida o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan buyuk ajdodlar, milliy qahramonlarni majmuada tasvirlab berish;
    • moddiy madaniyat durdonalari, buyuk davlat va harbiy arboblar, atoqli ayollar, ilm-fan va madaniyat arboblari, milliy ozodlik kurashi yetakchilari hamda olamshumul tarixiy voqealar to‘g‘risida;
    • majmuaning me’moriy yechimi — bezaklar, ramziy timsollari;
    • dunyo davlatlarida bunyod etilgan mustaqillik yodgorliklaridan farq qilgan holda majmuaning o‘ziga xos xususiyatlari;
    • majmuani bunyod etishda foydalanish taklif etiladigan qurilish materiallari (marmar, yog‘och, tosh va boshqalar);
    • majmuaning mazmunida tarixiy manbalar, xususan, ilm-fan, san’at, arxitektura yodgorliklaridan foydalanish;
    • majmuaning ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati.
    Tanlov 7-mart kuni yakunlanib, g‘oliblar 10-martga qadar aniqlanadi.

    Majmua quriladigan hudud

    Majmua quriladigan hudud
    Foto: Google Maps

    Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

    • birinchi o‘rin – 300 million so‘m va hukumat nomidan rasmiy tabrik;
    • ikkinchi o‘rin – 200 million so‘m va hukumat nomidan rasmiy minnatdorchilik xati;
    • uchinchi o‘rin – 100 million so‘m.
    “Gazeta.uz”ning ma’lum qilishicha, hokimlik Fanlar akademiyasining Tarix instituti veb-saytida tanlov to‘g‘risida batafsilroq ma’lumot bilan tanishishni taklif qilgan, ammo ayni sahifa mavjud emas.

    Avvalroq Toshkentning Eski shahar hududida milliy savdo shaharchasi tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

    04.02.2021, 00:56   Izoh (0)   15715
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasini oladi

    04.02.2021, 00:41

    “Bu, shubhasiz, eng yomon global ko‘rsatkich”. O‘zbekiston ikki pog‘onaga ko‘tarilgan 2020-yilgi jahon demokratiya indeksi e’lon qilindi

    04.02.2021, 00:27

    Koson hokimi odam o‘limiga sababchi bo‘lgan xizmat avtomobilini almashtirishga qaror qildi

    04.02.2021, 00:12

    “Azon.uz” bosh muharriri tahririyatga nisbatan bosim o‘tkazilgani sababli ishdan bo‘shaganini e’lon qildi. AOKA holat yuzasidan bayonot berdi

    03.02.2021, 23:27

    “Menga zudlik bilan TIV xodimasi tegajog‘lik qilishi kerak” — 7 yildan beri akkreditatsiya ololmayotgan jurnalist Abu-Ali Niyozmatov

    03.02.2021, 23:14

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi

    03.02.2021, 22:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.