Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida qurol, portlovchi moddalar va portlovchi vositalardan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish maqsadida “Qurol-2020” tadbiri o‘tkazilmoqda, deya xabar bermoqda shahar ishchi ishlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Jiyenqulov ko‘chasida 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi to‘xtatilganda uning polietilen paketidan miltiq topilgan.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, silliq stvolli o‘qotar qurol – 16 kalibrli ov miltig‘i qo‘lda yasalgani aniqlangan. Miltiqning zavod raqami o‘chirilgan, qurol o‘q otishga yaroqli. Bundan tashqari, politsiya 20 ta patronni musodara qilgan.
Tezkor profilaktika tadbiri davomida qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va moslamalarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq jami 11 ta jinoyat aniqlandi. Ular yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 287-moddasi (qurollarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlovchi moslamalarni noqonuniy olish, o‘tkazish, sotish, saqlash, tashish yoki olib yurish) bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda Kamerun fuqarosini tutqunlikda saqlagan jinoiy guruh qo‘lga olingani, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida portlash bo‘lishi haqida yolg‘on xabar bergan fuqaro aniqlangani hamda Rossiya Istanbulda odam o‘ldirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlikni Turkiyaga topshirgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)