Falastin hukumati 3-avgust kuni Quddusda Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, Knesset deputatlari guruhi va yahudiy manzilgoh aholisi tomonidan Al-Aqso masjidiga uyushtirilgan “bostirib kirish”ni qat’iy qoralaydi. Bu haqda Falastinning WAFA axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta’kidlashicha, Ben-Gvir, unga hamrohlik qilgan Knesset deputatlari va yahudiy manzilgoh aholisi Al-Aqso masjidi hududiga zo‘ravonlik bilan kirib, u yerda yahudiylarning diniy marosimlarini o‘tkazgan.
“Ben-Gvir va unga hamrohlik qilgan shaxslarning xatti-harakatlari “nafaqat Falastinga, balki butun dunyo musulmonlariga qarshi ochiqdan-ochiq tahdiddir”, Falastin Vaqf ishlari va diniy ishlar vazirligi bayonotida.
Idora ogohlantirishicha, “islomiy ziyoratgohlar ham islomiy, ham nasroniy diniy joylar ustidan nazorat o‘rnatishga intilayotgan o‘ta o‘ng qanot Isroil hukumati himoyasida harakat qilayotgan yahudiy manzilgoh aholisi tomonidan kundan-kunga ko‘proq buzg‘unchilikka uchramoqda”.
“Bosqinchi (Isroil) amaldorlari Al-Aqso masjidi hududida qilayotgan ishlar bu joyning muqaddasligini va musulmonlarning mutlaq diniy huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzishdir”, deya ta’kidlaydi vazirlik.
Hukumat xalqaro inson huquqlari va diniy tashkilotlarni “Isroil tomonidan davom etayotgan qonunbuzarliklarni, ayniqsa, Ben-Gvir va uning tarafdorlariga muqaddas joyni tahqirlash uchun yashil chiroq bergan o‘ta o‘ng irqchi hukumatini to‘xtatish uchun choralar ko‘rishga” chaqirgan.
Izoh (0)