Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 8-turida “Tottenhem” 8-noyabr, yakshanba kuni “Vest Bromvich” maydoniga safar qildi.
Birinchi bo‘lim o‘rtacha tempda o‘tdi va londonliklar hujumda u qadar faol bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘lim avvalgisidan tezkorroq suratda davom etdi. Ayniqsa so‘nggi daqiqalar “shporlar”ning hujumlari ostida kechdi.
Qator hujumlar 88-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Harri Keyn qanotdan uzatilgan to‘pga boshi bilan zarba bergan holda o‘yindagi yagona golga muallif bo‘ldi.
Shu tariqa “Tottenhem” ochkolarini 17 taga yetkazib oldi va musobaqa peshqadamiga aylandi.
APL
8-tur bahsi
8-noyabr, yakshanba
“Vest Bromvich” — “Tottenhem” 0:1
Gol: 0:1 – 88 Keyn.“Vest Bromvich”: Jonston, Ajayi, Bartli, O`Shi, Ferlong, Livermor (Edvards, 89), Krovinovich, Robinson (Diangana, 67), Gallaher, Taunsend, Grant (Fillips, 84).
“Tottenhem”: Lyoris, Doerti, Alderveyreld, Regilon, Dayer, Hyoyberg, Sissoko (Vinisius, 79), Beyl (Lukas Moura, 78), Ndombele (Lo Chelso, 64), Son Hyon Min, Keyn.
Ogohlantirish: Bartli (44).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)