Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-noyabrdagi qarori bilan Laziz Hamidov Samarqand viloyat Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati ma’lum qildi.
Laziz Hamidov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi markaziy apparati ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tashkilotlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Shu vaqtga qadar Samarqand viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Bahrom Nazarov esa Qurilish vazirligiga ishga o‘tganligi ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)