Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar etib Otabek Tursunov tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Otabek Tursunov ayni kunga qadar boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan. U 1984-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, mehnat faoliyatini 2006-yil viloyat davlat soliq boshqarmasida fuqarolarni ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatchi lavozimidan boshlagan.

“Daryo” muxbirining qo‘shimcha qilishicha, boshqarmaning sobiq boshlig‘i Zufarbek Yo‘ldoshev 2020-yil 6-iyul kuni o‘tkazilgan hokimlik soatida Shuhrat Abdurahmonovdan “mas’uliyatsiz rahbar” nishonini olgan. Yo‘ldoshev soliq idoralarining viloyatda noqonuniy ko‘cha savdosiga ahamiyat bermayotgani va sektor ishida soliqchilarning sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ortidan bu “e’tirof”ga loyiq ko‘rilgan. Qizig‘i, shundan keyin ham soliq idoralari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Qayd etish lozimki, 2020-yilning iyul oyida Shuhrat Abdurahmonov taklifi bilan Andijonda rahbarlarga ishidagi natijalariga qarab, har hafta “mas’uliyatli rahbar” yoki “mas’uliyatsiz rahbar” ko‘krak nishoni berilishiga kelishib olingan.

“Daryo” muxbiriga ko‘ra, viloyat soliqchilari boshlig‘i birinchi haftadagi ogohlantirishdan so‘ng ikki hafta ketma-ket “mas’uliyatsiz rahbar” nishoniga munosib ko‘rilgan. Shundan so‘ng soliqchilar boshlig‘i masalasi ko‘rib chiqilishi qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi