Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2020-yilning yanvar–sentabr holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar (oilalar) 74,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 25,8 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emasligi aniqlangan.
Shundan:
- bir bolalilar — 23,0 foiz;
- ikki bolalilar — 27,1 foiz;
- uch bolalilar — 16,9 foiz;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar — 7,2 foiz uy xo‘jaliklarida kuzatilgan.
Izoh (0)