Utemurat Panayev 6-noyabr kuni Nukus shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmatiga tayanib, “Karinform.uz” xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 2017-yil noyabr oyidan Nukus shahar hokimi lavozimida Paraxat Tureshev faoliyat yuritib kelayotgan edi. Xabarda ayni paytda u qaysi lavozimda faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar berilgan edi.
Izoh (0)