Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Eduard Mendi Angliya Premyer Ligasida e’tiborga molik natija qayd etdi.
“Chelsi” APLning 7-turida mehmonda “Byornli”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:0). Mendi esa mazkur uchrashuvda o‘zining ketma-ket beshinchi “quruq” o‘yinini o‘tkazdi. Ularning 3 tasi aynan Premyer Liga o‘yinlariga to‘g‘ri keladi.
Gracenote xabariga ko‘ra, Mendi “Chelsi” tarixida APLning dastlabki uchta o‘yinida o‘z darvozasini daxlsizligini saqlab qolgan uchinchi darvozabonga aylangan. Bungacha bunday natijaga faqat Nil Sallivan va Petr Chex erishgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” Mendi transferini 24-sentabr kuni e’lon qilgandi. Londonliklarga futbolchining transferi 24+6 million yevroga tushgani aytilgandi.
Izoh (0)