“Barselona” sobiq bosh murabbiyi Kike Setyen Lionel Messi bilan birga ishlash jarayoni haqida gapirdi.
Messini boshqarish juda qiyin, ammo men kim edimki, buni o‘zgartirishga harakat qilsam? Bu ishni murakkablashtiradigan yana bir narsa bor, ammo bu ko‘plab sportchilarga xosdir. Ularning xarakterini oldindan aytib bo‘lmaydi, ko‘pincha siz umuman kutmagan narsalarni ko‘rasiz.Eslatib o‘tamiz, Setyen “Barselona”ni 2020-yilning yanvar oyida qabul qilib, Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumi chorak finalidagi “Bavariya”ga qarshi o‘yindan (2:8) so‘ng iste’foga chiqarilgandi.Messi barcha zamonlarning eng yaxshi o‘yinchisi. Ajoyib deb atash mumkin bo‘lgan ko‘plab futbolchilar bo‘lgan, ammo uzoq vaqt davomida hech kim bunday ajoyib o‘yin namoyish eta olmaydi.
Umuman olganda, Leo judayam vazmin inson, ammo u har doim sizni ko‘rishingiz kerak bo‘lgan narsalarni ko‘rishga majbur qiladi. U juda kam gapiradi.
Kike Setyen, “Barselona” sobiq bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)