• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 22-avgust kuni 458 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda 7 kishi vafot etdi

    O‘zbekistonda 21-avgust soat 23:30 dan 22-avgust soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 458 ta holat qayd etildi. Bu avgust oyidagi eng past ko‘rsatkichlar orasida ikkinchi natijadir. Bir kun avval 381 kishida koronavirus aniqlanib, 1,5 oy ichidagi eng past ko‘rsatkich qayd etilgandi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 38532 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 267, “Daryo” hisobi bo‘yicha 276 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 267, “Daryo” hisobi bo‘yicha 276 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 458 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 269 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 129 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 21 nafar;
    • Namangan viloyatida — 17 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 8 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 5 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 4 nafar;
    • Andijon viloyatida — 3 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1 nafar;
    • Jizzax viloyatida — 1 nafar.
    Kun davomida 10 ta hududda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar qayd etildi. 14-avgustdan so‘ng kasallik qayd etilgan hududlar bir kunda 10 taga yetmayotgandi.

    Toshkent shahrida 269 kishida koronavirus qayd etildi. Avgust oyida ikkinchi marta bir kunda aniqlangan kasallanganlar soni 300 nafarga yetmadi. Avgust oyida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (21-avgust) 227 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. Avgust oyida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 8792 ta yangi holat aniqlandi. Toshkent shahrida aniqlangan kasallanish holatlari 23472 taga yetdi. Bu 151 ta holat bilan eng kam kasallanish holati qayd etilgan hudud bo‘lib turgan Jizzax viloyatida aniqlangan bemorlar sonidan 155 baravar ko‘p deganidir.

    Toshkent viloyatida 129 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda bir oydan beri — 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 22 kuni ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 3566 kishiga ko‘paydi. Viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 57 foizi aynan avgustga to‘g‘ri keldi.

    Samarqand viloyatida 21 kishida koronavirus qayd etildi. Oxirgi 13 kun ichida Samarqandda faqat 20-avgust kuni koronavirusga chalinish holati kuzatilmadi. Samarqand uchun avgust oyi eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan oy bo‘ldi. 22 kun ichida viloyatda 651 kishida kasallik aniqlandi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 41 foiziga teng.

    Namangan viloyatida 17 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda avgust oyining 14 kunida yangi holatlar ro‘yxatga olindi va bu kunlarda jami 142 kishida koronavirus qayd etildi. Bu Namangan viloyatidagi barcha kasallanish holatlarining 16 foiziga teng deganidir.

    Surxondaryo viloyatida 8 kishida COVID-19 qayd etildi. Avgust oyida viloyatda faqat 78 kishida kasallik qayd etildi. Bu Surxondaryodagi jami kasallanish holatlarining 13 foiziga tengdir. Surxondaryoda koronavirusga chalinganlar orasida viloyat hokimi To‘ra Bobolov ham bor edi. Bir oy davom etgan davolanishlardan so‘ng Bobolov butkul sog‘ayib, 16-avgust kuni Toshkentdan Surxondaryoga qaytdi. To‘ra Bobolov koronavirusga chalingan viloyat hokimlari orasida kasallikdan tuzalgan birinchisi bo‘ldi.

    Farg‘ona viloyatida 5 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda oxirgi vaqtlarda faqat juft kunlarda yangi holatlar ro‘yxatga olinmoqda — 14, 16, 18, 20 va 22-avgust kunlarida COVID-19 qayd etildi. Bu kunlarning birontasida kasallanganlar soni 5 nafardan oshmadi. Avgust oyida Farg‘onada 68 kishida koronavirus aniqlandi. Umumiy kasallanganlar soni 319 nafarni tashkil etmoqda, bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 0,8 foiziga teng deganidir.

    Qashqadaryo viloyatida 4 kishida koronavirus qayd etildi. Avgust oyining 14 kunida viloyatda yangi holatlar ro‘yxatga olindi, bu kunlarda jami 204 kishida koronavirus aniqlandi.

    Andijon viloyatida 3 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda oxirgi 37 kun ichida (17-iyuldan beri) faqat 3 marta — 25-iyul, 8-avgust va 15-avgust kunlari yangi kasallanish holatlari aniqlanmagan. Andijonda deyarli har kuni COVID-19’ga chalinganlar aniqlanayotgan bo‘lsa-da, joriy hafta davomida kunlik kasallanganlar soni 5 nafardan oshmadi. Avgust oyida viloyatda 171 kishida koronavirus qayd etildi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 1166 nafarga yetdi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 kishida koronavirus aniqlandi. Respublikada avgust oyida 86 kishida COVID-19 qayd etildi, bu Qoraqalpog‘istondagi jami kasallanish holatlarining 19 foiziga tengdir.

    Jizzax viloyatida avgust oyida faqatgina 3 kunda yangi holatlar ro‘yxatga olindi — 10-avgust kuni 7 kishida, 20-avgust kuni 3 kishida va 22-avgust kuni 1 kishida koronavirus aniqlandi. Jizzax koronavirus eng kam qayd etilgan hudud bo‘lsa-da, o‘lim ko‘rsatkichi eng yuqori hudud bo‘lib turibdi. Bu yerda COVID-19’ga chalinganlarning qariyb 4 foizi, boshqacha aytganda, koronavirus bo‘lgan har 25 bemordan 1 nafari vafot etgan.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 7 nafar bemor koronavirus asoratlaridan vafot etganini ma’lum qildi. Ular orasida Buxoro viloyati rahbari Karim Kamolov ham bor. SSV ilk marta bir kunda 7 bemor vafot etgani haqida axborot bermoqda.

    Birinchi o‘lim. Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 75 yoshli U.X. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 36 yoshli F.A. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 65 yoshida vafot etdi. Unda 25-iyul kuni koronavirus aniqlangandi. 29-iyuldan beri esa Toshkent shahrida davolanayotgandi.

    Karim Kamolov.

    Karim Kamolov.
    Foto: “Daryo”

    To‘rtinchi o‘lim. Zangiota tumanidagi ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan farg‘onalik 59 yoshli F.T. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashagan 29 yoshli B.L. ismli erkak vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 78 yoshli R.A. ismli erkak vafot etgan.

    Yettinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli R.A. ismli ayol vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 267 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 276 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3689 nafar bemordan 259 nafari og‘ir, 116 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 373 nafarni tashkil etayotgandi, endi esa 375 nafarga yetdi. Bu orada esa SSV 7 bemorning vafot etganini xabar qildi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 10,2 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    22-avgust kuni O‘zbekistonning 5 ta hududida 587 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 20-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

    Yangi tuzalganlarning

    • 386 nafari Toshkent shahrida;
    • 165 nafari Toshkent viloyatida;
    • 26 nafari Samarqand viloyatida;
    • 6 nafari Andijon viloyatida;
    • 4 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38532 nafar bemordan 34576 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval ham davolanish ko‘rsatkichi 89 foiz bo‘lgandi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 3689 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 6-iyul kunidagi bemorlar soniga (o‘sha kuni 3635 nafar bemor davolanayotgandi) yaqinlashib qoldi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 2809 nafar. Farg‘onada 6, Jizzaxda 8, Navoiyda 10, Xorazmda 17, Qashqadaryoda 24, Qoraqalpog‘istonda 21, Surxondaryoda 30, Sirdaryoda 29, Andijonda 33, Buxoroda 42, Namanganda 71, Samarqandda 113 va Toshkent viloyatida 476 nafar bemor qoldi.

    22.08.2020, 23:56   Izoh (0)   124851
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda FHDYo arxivlaridagi 3 millionga yaqin dalolatnoma elektronlashtirildi

    22.08.2020, 23:35

    Germaniyalik professor o‘zbekistonliklar qo‘llanilishi kerak bo‘lmagan dori-darmonlarni uy sharoitida qabul qilayotganligini aytdi

    22.08.2020, 23:14

    Qashqadaryo sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vafot etdi. Marhum boshqarma huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi rahbari edi

    22.08.2020, 22:54

    DXX Namanganda Suriyadagi jangarilar bilan aloqa bog‘lagan guruhni qo‘lga oldi

    22.08.2020, 22:12

    Samarqandda oila a’zolari tomonidan kaltaklanib, uyidan chiqarib yuborilgan ayol voqeasi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

    22.08.2020, 21:53

    YHXBB YPX xodimi xizmat avtomashinasida turli manyovrlarni bajarayotgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi

    22.08.2020, 20:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.