Ijtimoiy tarmoqda “GAI akamizdan avto-tryukni dodasi” sarlavhasi ostida YPX xodimining xizmat avtomashinasida turli manyovrlarni bajarayotgani tasvirlangan video tarqaldi. YHXBB 21-avgust kuni tarqalgan ushbu videodagi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Munosabatda bildirilishicha, 15-avgustdan 5-sentabrga qadar Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida “Xalqaro umumarmiya o‘yinlari — 2020” doirasida “Yo‘l-patrul” ko‘rik tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan va ayni vaqtlarda o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun DYHX xizmatining Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat olib borayotgan 25 nafar xodimlari o‘zlariga biriktirilgan patrul avtomashinalari bilan 19-avgust kuni Farg‘ona viloyatiga yetib borgan.
21-avgust kuni YPX xodimi R.Muhammedov Lasetti rusumli xizmat avtomashinasida uning texnik holati, sozligi va chidamliligini tekshirish maqsadida tanlov
oldi mashg‘ulotlar olib borayotgan vaqtida ushbu holat atrofda tomosha qilayotgan qatnashchilar va fuqarolar tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.
“Fuqarolardan ushbu holatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab, xodimlarimizga nufuzli xalqaro tanlovda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz”, — deyiladi munosabatda.
Mavzuga doir:
- Qo‘qonda ayol YPX inspektoriga qo‘l ko‘targan qoidabuzar haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)
- Samarqandda YPX xodimlari bir oilani tunda ko‘chada qoldirgani aks etgan video bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi
- Qashqadaryolik sinchkov haydovchi YPX inspektorini jarima to‘lashga majbur qildi
Izoh (0)