• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 3-iyul kuni 318 kishida koronavirus aniqlanib, rekord yangilandi. Ikki kishi vafot etdi

    O‘zbekistonda 2-iyul soat 23:30 dan 3-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 318 ta holat qayd etildi. O‘zbekistonda bir kun ichida koronavirusga chalinganlar soni birinchi marta 300 nafardan oshdi. Tabiiyki, 3-iyuldagi ko‘rsatkich yangi rekord hisoblanadi. Bungacha 2-iyul kuni 297 kishida koronavirus aniqlanishi rekord natija bo‘lib turgandi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9396 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 273 nafari karantin muassasalarida;
    • 45 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 37 nafar, Andijon viloyatida — 5 nafar, Toshkent viloyatida — 3 nafar) aniqlangan.
    Kun davomida 6 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 3 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida kasallanish holatlari bir kun oldingiga qaraganda 2,5 baravarga (113 tadan 45 taga) kamaydi. Xalqaro yuk mashinasi haydovchilari orasida xuddi 29-iyunda bo‘lgani kabi birontayam yangi holat qayd qilinmadi.

    Toshkent shahrida qayd etilgan 85 ta holatdan 45 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 37 tasi aholi orasida aniqlandi. 22-iyun kuni Respublika maxsus komissiyasi Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan “qizil” hududlarni blokpostlar o‘rnatgan holda mahalla, dahalar va ko‘chalar kesimida yopilishi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi haqida qaror chiqargandi. Ushbu qarorga qaramay, Toshkentda kasallanish holatlari kamaymayapti. Iyul oyining dastlabki uch kunida poytaxtda jami 261 kishida kasallik aniqlandi, ulardan 139 nafari aholi orasida, 122 nafari karantindagilar orasida qayd etildi. Toshkent shahrida aholi orasida koronavirus aniqlanmagan 3-iyundan beri roppa-rosa bir oy o‘tdi.

    Surxondaryo viloyatida kun davomida 69 ta yangi holat qayd etildi. Bu ko‘rsatkich viloyat uchun rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord ko‘rsatkich 27-iyun kuni 26 kishida kasallik aniqlanganda o‘rnatilgandi. Bu orada esa viloyatda yangi kasallanish holatlari qayd etilmagandi. 3-iyul kuni viloyatda aniqlangan holatlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlangan. Bir kun ichida Surxondaryoda kasallanganlar soni 68 foizga (101 nafardan 169 nafarga) oshib ketdi.

    Toshkent viloyatida aniqlangan 26 ta holatdan 23 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 3 tasi aholi orasida qayd etildi. Viloyat aholi orasida eng ko‘p kasallik aniqlanadigan hududlardan biri hisoblanadi. Toshkent viloyatida 17-iyundan 3-iyulgacha faqat 29-iyun va 1-iyul kuni aholi orasida kasallik qayd etilmagan.

    Samarqand viloyatida qayd etilgan 14 ta holatning barchasi karantindagilar orasida aniqlandi. Samarqandda hafta davomida yangi kasallanganlar soni 44 kishiga ko‘paydi. Ushbu holatlarning 3 tasi aholi orasida, 41 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida qayd etildi.

    Buxoro viloyatida aniqlangan 9 ta holatning hammasi karantinga olinganlar orasida qayd etildi. Viloyatda kasallik aniqlanayotgan kunlarda har safar yangi kasallar soni 9 tani tashkil etmoqda. 29-iyun va 1-iyul kunlari ham Buxoroda 9 tadan yangi holat qayd etilgan. Umuman olganda, viloyatda 15-iyundan keyin 16-iyun, 17-iyun, 21-iyun, 26-iyun, 27-iyun, 29-iyun va 1-iyul kunlari ham kasallik yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan hamda shu kunlarning barida, albatta, aholi orasida ham kasallik aniqlanayotgandi.

    Andijon viloyatida qayd etilgan 5 ta holatning barchasi aholi orasida aniqlandi. Bu joriy haftada Andijonda aniqlangan ilk holatlar. Andijon viloyatida 21, 23, 25 va 28-iyun kunlari ham aholi orasida kasallik aniqlangandi.

    Kasallikdan davolanish

    3-iyul kuni tibbiyot muassasalarida 217 nafar fuqaro sog‘aydi. Ulardan 212 nafari Toshkent shahridagi va 5 nafari Namangan viloyatidagi shifoxonalardan davolanib chiqdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9396 nafar bemordan 6251 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich 29-iyundan buyon o‘zgarmayapti.

    17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 23-iyunda ularning soni 2000 nafardan, 28-iyunda 2500 nafardan, 2-iyulga kelib esa shifoxonadagi bemorlar soni 3000 nafardan oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 3116 nafar bemordan 2671 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 445 nafar bemor mamlakatning 10 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Qoraqalpog‘istonda 9, Namanganda 15, Xorazmda 23, Andijonda 33, Buxoroda 34, Navoiyda 37, Jizzaxda 38, Samarqandda 74, Qashqadaryoda 81 va Surxondaryoda 101 nafar bemor qoldi. Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli yagona hudud bo‘lib turibdi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    Sog‘liqni saqlash vazirligi 28-iyundan 1-iyulgacha 7 ta o‘lim holati haqida ma’lum qildi. Ammo 2-iyul sanasida koronavirusdan vafot etish bilan bog‘liq yangi holatlar haqida xabar berilmadi. Aslida shu kuni Toshkentda bir erkak va bir ayol kasallik asoratlaridan vafot etgan ekan.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G‘.B. ismli erkak 2-iyul kuni o‘ta og‘ir holatda Toshkentdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

    Unga yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

    Bemor oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.

    2-iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashovchi 77 yoshli N.G. ismli ayol 2020-yilning 7-iyunidan 16-iyunigacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

    23-iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

    U oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

    2-iyul kuni bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holatlarini nima uchun bir sutkadan keyin e’lon qilganining sababi noma’lum. Lekin vazirlik so‘nggi vaqtlarda koronavirusdan vafot etayotgan bemorlar qaysi kuni olamdan o‘tayotganiga aniqlik kiritmayotgandi. Bemorlar vafot etgan sanalar boshqa manbalardan chiqib kelayotgandi. 20-bemorning o‘limi 5 kun o‘tib, 21-bemorning o‘limi 2 kun o‘tib, 27-bemorning o‘limi 2-kun o‘tib e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi.

    15-martdan buyon O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgani rasman tasdiqlanganlar soni 29 nafarga yetdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3116 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 41 926 nafar, statsionar karantinda esa 22 438 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 2850 nafarga ko‘paygan bo‘lsa, statsionar karantindagi fuqarolar soni 2284 nafarga kamaydi. Uy karantinidagi fuqarolar soni iyun oyida ham biron marta 41 mingga chiqmagandi. Uy karantinidagi fuqarolar soni oshishi bir kun oldin aholi orasida 113 ta holat aniqlangani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    04.07.2020, 00:18   Izoh (0)   155148
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni deyarli 9400 nafarga yetdi

    04.07.2020, 00:12

    Toshkentda 77 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 29 nafarga yetdi

    03.07.2020, 23:34

    Sog‘liqni saqlash vaziriga 4 nafar o‘rinbosar tayinlandi. Elmira Bositxonova yana vazirlik tizimiga qaytdi

    03.07.2020, 23:06

    O‘zbekistonda koronavirusning bilvosita qurbonlari soni virusning o‘zidan vafot etganlardan 10 marta ko‘pligi ma’lum qilindi

    03.07.2020, 22:07

    O‘zbekistonda yana 90 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzaldi. Jami sog‘ayganlar soni 6251 nafarga yetdi

    03.07.2020, 21:55

    O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasi e’lon qilindi

    03.07.2020, 21:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.