• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda 77 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 29 nafarga yetdi

    Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalingan va saraton kasalligidan davolanib kelgan bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

    Toshkentda yashovchi 77 yoshli N.G. ismli ayol 2020-yilning 7-iyunidan 16-iyunigacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

    23-iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

    U oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

    Bemorga Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislar va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

    2-iyul kuni standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Toshkentlik 77 yoshli ayol O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 29-bemor bo‘ldi.

    2-iyul kuni Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etgan. Uning o‘limi haqida ham SSV 3-iyul kuni xabar berdi.

    Bungacha O‘zbekistonda 28 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:

    • 27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);
    • 28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;
    • 7-aprel kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;
    • 11-aprel kuni esa xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;
    • 14-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 73 yoshli Sh. yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;
    • 22-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 24-aprel kuni Angrenda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan;
    • 29-aprel kuni Toshkentda 61 yoshli G. ismli bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
    • 3-may kuni Namanganda M. ismli koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 13-may kuni Samarqandda koronavirusga chalingan O‘. ismli ikkinchi guruh nogironi o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 17-may kuni koronavirusga chalingani Surxondaryoda aniqlangan sirdaryolik I. ismli haydovchi yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
    • 18-may kuni koronavirusga chalingan samarqandlik bemor yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
    • 26-may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan va koronavirusga chalingan 63 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 31-may kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 63 yoshli X. ismli ayol bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
    • 3-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 72 yoshli M. ismli erkak o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan;
    • 6-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 70 yoshli Sh. ismli erkak miya shishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 8-iyun kuni Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli X. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 10-iyun kuni Toshkentga Sankt-Peterburgdan charter reysda kelgan samarqandlik A. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
    • 25-iyun kuni Denov shahrida yashagan 59 yoshli B.X. ismli ayol yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (ushbu bemor 20-iyunda vafot etgani haqida Denov tumani hokimi 21-iyun kuni ma’lum qilgandi);
    • 28-iyun kuni Toshkentda A.U. ismli shifokor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan (ushbu bemor 26-iyun kuni vafot etgan);
    • 28-iyun kuni Toshkentda 42 yoshli D.X. ismli erkak bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;.
    • 29-iyun kuni Buxoroda 58 yoshli M.S. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 29-iyun kuni Jizzax viloyatida 72 yoshli Q.R. ismli erkak o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan
    • 30-iyun kuni Jizzax viloyatida 70 yoshli F.O. ismli ayol o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
    • 30-iyun kuni Toshkentda qoraqalpog‘istonlik 62 yoshli B.Y. ismli erkak o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan
    • 1-iyul kuni Qashqadaryoda 64 yoshli S.H. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan (u 29-iyun kuni olamdan o‘tgan);
    • 3-iyul kuni Toshkentda 59 yoshli G‘.B. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (u 2-iyul kuni olamdan o‘tgan) vafot etgani xabar qilingan.

    03.07.2020, 23:34   Izoh (0)   39799
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sog‘liqni saqlash vaziriga 4 nafar o‘rinbosar tayinlandi. Elmira Bositxonova yana vazirlik tizimiga qaytdi

    03.07.2020, 23:06

    O‘zbekistonda koronavirusning bilvosita qurbonlari soni virusning o‘zidan vafot etganlardan 10 marta ko‘pligi ma’lum qilindi

    03.07.2020, 22:07

    O‘zbekistonda yana 90 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzaldi. Jami sog‘ayganlar soni 6251 nafarga yetdi

    03.07.2020, 21:55

    O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasi e’lon qilindi

    03.07.2020, 21:43

    Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Sazagan” dala o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi (foto)

    03.07.2020, 21:19

    Andijonda aqli zaif ayolning 2 ming dollar pulini qaytarmaslik uchun uni o‘ldirgan fuqaro 17 yilga qamaldi

    03.07.2020, 21:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Tailand meva-sabzavotlari va seriallarini taqiqladi

    Dunyo | 19 iyun, 16:15

    Orollardagi hashamat: Jey Lo, Jeki Chan va boshqa yulduzlarning villasiga sayohat

    Shou-biznes | 19 iyun, 16:07

    Hindiston musulmon fuqarolarini Bangladeshga noqonuniy deportatsiya qilmoqda — The Guardian

    Dunyo | 19 iyun, 15:55

    MLSda eng ko‘p sotilgan liboslar: Messi peshqadam (TOP-24)

    Sport | 19 iyun, 15:50

    Ilon Maskning Starship raketasi portlab ketdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 15:28

    Hayao Miyazaki tomonidan yaratilmagan Studio Ghibli’ning ajoyib animelari (treyler)

    Layfstayl | 19 iyun, 15:10

    “Qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”: prezident Shahrisabzdagi innovatsion klinikani boshqa hududlarda ham tashkil etish haqida

    O‘zbekiston | 19 iyun, 14:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.