• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirusning bilvosita qurbonlari soni virusning o‘zidan vafot etganlardan 10 marta ko‘pligi ma’lum qilindi

    Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musaboyev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida COVID-19 qurbonlari soni nima sababdan o‘sayotganiga izoh berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Gazeta.uz” tomonidan Erkin Musaboyevga koronavirus qurbonlari nima sababdan so‘nggi haftada ko‘paya boshlagani haqida savol berilgan.

    “Keling, hisoblaylik. Hozir vafot etganlar soni 27 kishi (“Gazeta.uz” intervyuni 2-iyul kuni e’lon qilgan). Bemorlarning soni esa kundan kunga qanchaga ko‘paymoqda? O‘rtacha 200-250 nafar. Bunga qadar har kuni 40, 50, 100 nafarga ko‘payib borgan. Tuzalib ketganlar soni 5800 nafardan oshgan, o‘lganlar — 27 kishi. Bu, taxminan, 0,5 foiz atrofida. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich”, — degan Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti.

    Uning qayd etishicha, imkon qadar barcha kasalxonaga yotqiziladi. Erkin Musaboyev agar barcha kasallanganlarni kasalxonaga yotqizishda davom etilsa, qanday holat yuz berishi mumkinligi haqida gapirgan.

    “Aytaylik, biz budjetdan bir tiyin olmaymiz, yangi kasalxonalar ochmaymiz. Misol qilib, bizning Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti kasalxonasini olsak. Bizda yiliga 3000 ga yaqin jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlar davolanadi. Sirrozni butunlay davolash mumkin emas. Agar davolanishni har chorakda yoki olti oyda bir marta o‘tkazmasak, unda odam o‘rtacha 5-6 yil yashaydi. Agar biz uni to‘g‘ri yo‘naltirsak, umrini 15 yilga uzaytiramiz. Bu yaxshi natija. Agar u moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lsa, u jigarni qisman transplantatsiya qilishi mumkin, butunlay emas.

    Bilasizki, to‘rtinchi oy davomida bizning klinikamiz karantinga yopilgan. Bir yilda jigar sirrozi bilan og‘rigan 3000 nafar bemorni qabul qilsak, demak hozirgacha bizning ixtisoslashgan bo‘limimiz butun respublika bo‘ylab deyarli 1000 nafar bemorni qabul qila olmadi. O‘rtacha 1000 nafar bemor shu payt davomida davolana olmadi. Taxmin qilishimcha, shu vaqt ichida 200 ga yaqin bemor COVID-19’dan emas, balki sirrozdan vafot etdi,” — deya so‘zini davom ettirdi klinika rahbari.

    Uning qayd etishicha, agar klinika koronavirus bilan og‘rigan barcha bemorlarni qabul qilishni davom ettirsa, keyingi bosqichda kardiologiya markazini yopish kerak bo‘ladi. Qanchadan-qancha bemorlar COVID-19’dan emas, balki yurak xurujidan vafot etadi. “Keyin biz yana qandaydir boshqa klinikani yopamiz, tug‘ruqxonani yopamiz, sharoitlar keskin yomonlashadi, keyin esa shunchaki tug‘ruq paytida o‘lishni boshlashadi. Aynan shu hodisa Italiyada va boshqa mamlakatlarda sodir bo‘lgan — bu sog‘liqni saqlash tizimining falajlanishi”, — deydi shifokor.

    “Bemorlar unchalik ko‘p bo‘lmagan davrda biz klinikalarni yopib bo‘lsa ham davolash ishlarini olib bordik. Yana bizning Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutidagi klinikamizning misolida — mamlakatda 25 kishi koronavirusdan vafot etgan bo‘lsa, aytganimdek, jigar sirrozidan to‘liq davolana olmaganligi sababli vafot etganlar soni — 10 baravar ko‘proq”, — deya shifokor koronavirusning bilvosita qurbonlari soni ko‘pligini aytib o‘tgan.

    Erkin Musaboyevning so‘zlariga ko‘ra, shifoxona boshqa toifadagi kasallarni qabul qilaversa, vaziyat shunaqa bo‘ladi. Bular COVID-19 pandemiyasining bilvosita qurbonlari deyiladi.

    Shuningdek, ilmiy-tadqiqot instituti direktori 5-iyuldan boshlab koronavirusning yengil va alomatlarsiz shakllari bilan kasallangan bemorlarni uy sharoitida davolash yuzasidan ham o‘z fikrini bildirgan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkin bo‘ladi

    “Albatta, hozir rezonans yuzaga keladi: ‘Qanaqasiga? Bu kasallik haqida matbuotda juda ko‘p ma’lumotlar tarqaldi va endi to‘satdan uni uyda davolash mumkin ekanligi aytilsa’. Birinchidan, dunyoning hech bir joyida bemorlar 100 foiz kasalxonaga yotqizilmagan. Bir qator davlatlar hatto koronavirusning yengil va asoratlarsiz shakllari haqida xabar bermaydi. Shuning uchun, endi o‘lim holatlarining ma’lum bir darajada o‘sishi kuzatilishi mumkin. Kasallik juda hiylali va ayyor — u asoratlarsiz tarzda kechadi, keyin birdan ikki tomonlama pnevmoniya boshlanadi, bu har doim ham yaxshi yakunlanmaydi”, — deya so‘zini xulosalagan vazirlikning bosh infeksionisti.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusning 19-qurboni 10-iyun kuni qayd etilgandi. Shundan so‘ng, 25-iyunga kelib navbatdagi o‘lim holati rasman e’lon qilindi. Keyingi kunlarda koronavirusdan vafot etish ko‘rsatkichi osha boshladi. 28-iyun kuni 2 ta, 29-iyun kuni yana 2 ta va 30-iyun kuni ham 2 ta o‘lim qayd etildi. 1-iyul kuni bir kishi kasallik qurboniga aylangan bo‘lsa, bir kunlik tanaffusdan keyin 3-iyul kuni kasallikning 28-qurboni haqida xabar berildi.

    03.07.2020, 22:07   Izoh (0)   74152
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana 90 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzaldi. Jami sog‘ayganlar soni 6251 nafarga yetdi

    03.07.2020, 21:55

    O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasi e’lon qilindi

    03.07.2020, 21:43

    Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Sazagan” dala o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi (foto)

    03.07.2020, 21:19

    Andijonda aqli zaif ayolning 2 ming dollar pulini qaytarmaslik uchun uni o‘ldirgan fuqaro 17 yilga qamaldi

    03.07.2020, 21:07

    “O‘zgidromet” 4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    03.07.2020, 19:17

    Namanganda tug‘ilgan to‘rt egizakning onasiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi

    03.07.2020, 19:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.