O‘zbekistonda 3-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 70 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 9396 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 20 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 19 tasi Toshkent viloyatida;
  • 14 tasi Samarqand viloyatida;
  • 9 tasi Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
  • 5 tasi Andijon viloyatida va 3 tasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Avval O‘zbekistonda 3-iyul 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121 kishiga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 9199 nafarga yetgani, soat 17:00 holatiga ko‘ra esa koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 127 kishiga ko‘payib, 9326 nafarni tashkil qilgani haqida xabarlar berilgan. Shu tariqa 3-iyulda jami 318 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

3-iyul kun davomida dastlab 127 nafar (Toshkent shahri va viloyatida 122 nafar, Namanganda 5 nafar), keyinroq keyinchalik 90 nafar (barchasi Toshkent shahri va viloyatida), jami 217 kishi koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lib, sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi kunlik rekord o‘rnatilgani xabar qilingan. Tuzalganlarning umumiy soni 6251 nafarga (66 foiz) yetgan.

O‘zbekistonda 15-martdan shu paytga qadar 29 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. 28 va 29-o‘lim holatlarining (59 yoshli erkak va 77 yoshli ayol) qayd etilgani 3-iyul kuni e’lon qilindi.