• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasi e’lon qilindi

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda e’lon qilindi.

    Foto: Yandex.Images

    Foto: Yandex.Images

    Rieltorlik — bu yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati.

    Qonunga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorida ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan rieltorlik tashkilotlari faoliyati yagona elektron multilisting tizimida (YaEMT) amalga oshiriladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda birlamchi bozordan uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor bo‘ldi

    Rieltorlik tashkilotlarining YaEMTga kirishi rieltorlarning jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lishi orqali ta’minlanadi. Jamoat birlashmasiga a’zolik shartnoma asosida amalga oshiriladi.

    Rieltorlarning jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lishi YaEMTda faoliyatni amalga oshirish uchun majburiy sharti hisoblanadi.

    Rieltorlik tashkiloti tijorat tashkiloti hisoblanadi. Rieltorlik tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

    Rieltorlik tashkiloti shtatida rieltorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar xodim, shu jumladan, rieltorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi kerak.

    Rieltorlik tashkiloti YaEMTda ko‘zda tutilgan faoliyat turlarini faqat unga berilgan reyting asosida amalga oshirishi mumkin. Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga ega emas.

    Rieltorlik tashkiloti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.

    Rieltor — malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir. Rieltor mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida faqat bitta rieltorlik tashkiloti bilan ishlashi mumkin.

    Rieltor qonunchilikka muvofiq, rieltorlik tashkiloti oldida sifatsiz rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish, tijorat sirlarini oshkor etish va rieltorlik tashkilotiga zarar yetkazadigan boshqa harakatlar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgardir.

    Davlat va jamoat organlari rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organlar hisoblanadi.

    Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi:

    • rieltorlik faoliyatini tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
    • o‘z vakolatlari doirasida rieltorlik faoliyati sohasidagi xalqaro tashkilotlarda davlat nomidan ish ko‘radi;
    • o‘z vakolatlari doirasida rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
    • ishchi organning ish tartibi va reglamentini belgilaydi;
    • rieltorlar jamoat birlashmalari ishtirokida malaka imtihonini o‘tkazadi;
    • rieltorning malaka sertifikatining shaklini tasdiqlaydi, shuningdek, rieltorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, uning muddatini uzaytiradi va tugatadi;
    • rieltorlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlar uchun malaka oshirishning yagona dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishini nazorat qiladi;
    • rieltorlik tashkilotining xodimlariga, shu jumladan, rahbariga va malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlarga malaka talablarini belgilaydi;
    • malaka sertifikatini beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi;
    • rieltorlarning reyestrini yuritadi;
    • YaEMT dasturiy kompleksining axborot tizimini rivojlantirishni ta’minlaydi;
    • jinoiy faoliyatdan topilgan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar bo‘lgan rieltorlik tashkilotlari xodimlarining ro‘yxatini shakllantiradi.
    Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli jamoat organi:
    • kelgusi yil uchun ish rejasini davlat organi bilan kelishadi;
    • jamoat birlashmasi a’zolari bilan rieltorlarning malakasini oshirish kurslarining o‘quv dasturini kelishib oladi;
    • ta’lim muassasalari bilan birgalikda rieltorlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturini tashkil etadi;
    • ta’lim muassasalari bilan birgalikda kelgusi yilda rieltorlarning malakasini oshirish kurslarining o‘quv dasturlarini tashkil etadi;
    • yangi a’zolarni qabul qiladi;
    • rieltorlik tashkilotlari tomonidan jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    • jamoat birlashmasida a’zolikni to‘xtatadi, qayta tiklaydi, tugatadi.
    Rieltorlik faoliyati standartlari professional xizmatlarni ko‘rsatish va rieltorlik tashkilotlari ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.

    Rieltorlik faoliyatining milliy standartlari rieltorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha yagona talablarni belgilaydi.

    Rieltorning malaka sertifikati rieltorning malakasini tasdiqlovchi va rieltorlik tashkiloti nomidan rieltorlik xizmatlar ko‘rsatish huquqini beradigan hujjatdir.

    Mavzuga doir:

    • DXA tomonidan yer uchastkalari bo‘yicha 2,3 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlandi
    • 1-apreldan beri propiska uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan qancha uy sotib olingani ma’lum qilindi

    03.07.2020, 21:43   Izoh (0)   11873
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Sazagan” dala o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi (foto)

    03.07.2020, 21:19

    Andijonda aqli zaif ayolning 2 ming dollar pulini qaytarmaslik uchun uni o‘ldirgan fuqaro 17 yilga qamaldi

    03.07.2020, 21:07

    “O‘zgidromet” 4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    03.07.2020, 19:17

    Namanganda tug‘ilgan to‘rt egizakning onasiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi

    03.07.2020, 19:05

    Oltin va boshqa qimmatbaho metallardan tayyorlangan yombilarni Markaziy bank shoxobchalaridan sotib olish mumkin bo‘ldi

    03.07.2020, 18:52

    Namangan yo‘llariga shovqin chiqaruvchi chiziqlarni chizish boshlandi

    03.07.2020, 18:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH elchixonalari xorijiy talabalarga viza berishni davom ettiradi

    Dunyo | 19 iyun, 11:13

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

    Sport | 19 iyun, 11:01

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi?

    Layfstayl | 19 iyun, 10:59

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45

    Eron Isroilga 20 ta raketa uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 10:40

    “Do‘stlar” yulduzi Mettyu Perrining o‘limiga aloqador shifokorga 40 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda

    Shou-biznes | 19 iyun, 10:26

    “Bezosga bu yerda joy yo‘q”: Venetsiyada Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.