• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqanddagi maktabda elektrdagi muammo sababli o‘quvchilar qorong‘i va zax xonada dars o‘tmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali Urgut tumanidagi ayrim umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ikkinchi smenada o‘qiyotgan o‘quvchilar chiroq yo‘qligi bois qorong‘i sinfxonalarda ta’lim olayotgani haqida ma’lumot tarqaldi.

    Holatga oydinlik kiritgan Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, ayni damda mazkur tumanda 141 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularda 103 239 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Maktablarning aksariyati qishloqlarda joylashgan.

    Urgut tumani xalq ta’limi bo‘limi qoshidagi ekspluatatsiya xizmati bosh muhandisi Akmal Xursandovning ta’kidlashicha, haqiqatan ham tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida elektr energiyasidagi uzilishlar tez-tez uchrab turadi. Bu, ayniqsa, ikkinchi smenada o‘qiyotgan o‘quvchilarga muammo tug‘diradi.

    Mavzuga doir: Bosh vazir Abdulla Aripov — gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar haqida: “Bu sharmandali holat”

    “Afsuski, ba’zi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘rnatilgan zamonaviy isitish moslamalarining elektr energiyasi bilan ishlashini inobatga olsak, o‘quvchilarning bir paytning o‘zida ham qorong‘i, ham sovuq sinfxonada o‘tirib dars o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu muammoli masalalarni kim hal qilishi joiz? O‘qituvchimi, maktab direktorimi?”, — deyilgan XTB xabarida.

    Prezidentning 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining uchinchi bandiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq ta’limi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama ko‘maklashishi, xususan, xalq ta’limi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlashga mas’ul ekanligi qayd etilgan.

    Mavzuga doir: “Suv yo‘q, gaz yo‘q. Elektr choynakdagi choy 45 daqiqada qaynaydi”. Qashqadaryodagi qishloq ahli yashash sharoiti og‘irligidan shikoyat qilmoqda

    Qolaversa, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov OAV vakillari bilan muloqot chog‘ida ba’zi maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida jiddiy kamchiliklar borligini alohida tilga olib, maktab direktorlari ta’lim muassasasidagi muammolarni hal etishga emas, bevosita ta’lim samaradorligini ta’minlashga javobgar ekanligini ta’kidlagan. O‘z navbatida, ushbu masalaga ijro hokimiyati jiddiy e’tibor qaratishi lozimligini talab qilgan.

    Bosh vazir Abdulla Aripov 28-noyabr, payshanba kuni aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energoresurslar — gaz va elektr energiya bilan ta’minlashdagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektorda “Ob-havoning keskin pasayib ketishi sababli, ushbu maktablarda o‘quvchilar sovuq xonalarda kiyim-bosh bilan ta’lim olishga majbur bo‘lmoqda. Shunday holatda ham bu sohaga mas’ul rahbarlar issiqqina xonalarida bemalol o‘tirishibdi”, — deb aytgan.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda TV orqali jonli efirda ko‘rsatilayotgan saylov debati elektr o‘chgani sabab uzilib qoldi.
    • Toshkent metrosidagi uchta bekatda chiroqlar o‘chib qoldi.
    • Energetika vazirligi elektr energiyasi tizimidagi uzilishlar va nosozliklar sabablarini ma’lum qildi.

    29.11.2019, 19:43   Izoh (0)   17918
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston bosh prokurori: O‘tgan haftada 28 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlandi

    29.11.2019, 19:27

    “Qoraqarg‘a” dovonida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

    29.11.2019, 19:13

    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonovaga matbuot maslahatchisi tayinlandi

    29.11.2019, 18:58

    Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ko‘ksaroy qarorgohiga daraxt ekdi (foto)

    29.11.2019, 18:42

    O‘zbekistonda 30-noyabr kuni havo quyoshli va iliq bo‘ladi

    29.11.2019, 18:26

    Buxorodagi uch kishining o‘limiga olib kelgan Nexia va avtobus ishtirokidagi YTH sababi ma’lum qilindi

    29.11.2019, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.