Samarali muzokaralardan keyin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ko‘ksaroy qarorgohidagi faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chatlar o‘tqazdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
“Bu daraxtlar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonning mustahkam do‘stligi va hamkorligi ramzi sifatida yonma-yon o‘sadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvi yakunlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)