O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov 18-oktabr, juma kuni Buyuk Britaniyaning Yuridik universiteti (ULaw) rahbariyati bilan O‘zbekistonda ushbu universitet filialini tashkil etish loyihasini tezkor amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Tomonlar Toshkentda universitet filialini tashkil etish bo‘yicha harakatlar rejasini batafsil muhokama qilgan va ishchi guruh tarkibini tasdiqlagan. Shuningdek, loyiha bosqichlari, o‘quv dasturlari va moliyalashtirish masalalari ham muhokama qilingan.
Loyiha talabalarga biznesni boshqarish bo‘yicha bakalavr dasturlarini, O‘zbekiston qonunchiligining o‘ziga xos jihatlarini va xalqaro savdo huquqi yo‘nalishida LLB bo‘yicha ta’lim beradi.
Ma’lumot uchun, ULaw (University of Law) — Buyuk Britaniyaning notijorat xususiy universiteti bo‘lib, huquqshunoslik, ixtisoslashtirilgan yuridik ta’lim va Britaniya huquqshunoslari va yuristlari uchun uzluksiz ta’lim kurslarini taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Xalqaro yuridik universitet Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentabrdagi qaroriga binoan tashkil etilmoqda.
Izoh (0)