O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 15-oktabrdagi qarori bilan Radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “Huquqiy axborot”.
Nizomga muvofiq, yagona davlat tizimi — aholini va atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kuchlari va vositalarini birlashtirgan tashkiliy-texnik tizimdir.
Tizimning asosiy vazifalari radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash, radiatsiyaviy avariyalarga olib keladigan tahdidlarni prognoz qilish, oldini olish kabilardan iborat.
Nizomga ko‘ra, tizim respublika, mahalliy va obyekt darajasiga ega bo‘lib, rahbarlik qiluvchi organlar:
- respublika darajasida — Vazirlar Mahkamasi;
- mahalliy darajada — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
- obyekt darajasida — atom energiyasidan foydalanish obyekti yoki radiatsiyaviy xavfli obyekt rahbariyatidir.
Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi radiatsiyaviy xavf tug‘ilganligi haqida vakolatli organlarni xabardor qiladi, ushbu holatlarga birinchi bo‘lib munosabat bildirish tashabbusi bilan chiqadi.
Izoh (0)