• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshidagi bozorda qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning 100 ga yaqini “sindi”. Mutasaddilar shaharsozlik me’yorlarini ro‘kach qilmoqda

    Qarshi shahrida joylashgan “Naqshab darvozasi” dehqon bozorida faoliyat yurituvchi 150 dan ortiq tadbirkorning 100 ga yaqini bankrot bo‘lib, tadbirkorlikdan voz kechdi. Bu haqda ular “Daryo”ga murojaatida ma’lum qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorlar shikoyatini o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri “Naqshab darvozasi” bozorida bo‘ldi.

    — Tadbirkor daromad topish ilinjida bozorga kiradi. Bozorning barcha imkoniyatlari shu uchun xizmat qilishi kerak, — deydi bozorda savdo qiluvchi tadbirkor Malohat Qosimova. — Ammo biz qayta ta’mirlangan bozorimiz va uning ichdagi hashamatli do‘konimizga tikilib o‘tirishimiz kerak ekan. Eng yomoni, bozor hududidagi do‘konlarga umuman xaridor kirmayapti. Shu boisdan ham xaridorlarni jalb qilish maqsadida do‘konimizning ko‘chaga qaragan tomonidan loyiha talablariga javob beruvchi eshik ochishni talab qilayapmiz. Ammo rahbariyat “bu shaharsozlik talablariga javob bermaydi” deb ruxsat bermayapti.

    Malohat Qosimova.

    Malohat Qosimova.
    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahar hokimining 2018-yil iyul oyidagi qaroriga ko‘ra, “Naqshab darvozasi” dehqon oziq-ovqat bozori hududidan tadbirkor Malohat Qosimova egaligiga berilgan do‘kon shaharning markaziy ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasiga qaragan.

    — Bu ko‘cha asosiy ko‘cha, shaharga kelgan mehmonlarning ko‘zi tushadigan joy deb ko‘cha tomondan eshik ochishimizga ruxsat berishmayapti, — deydi yana bir tadbirkor Rustam Ametov. — Bir yilda bir yoki ikki marta keladigan mehmonni deb, yillab ishlolmay o‘tirmaymiz-ku? Qolaversa, ko‘chaning nariga tomonidagi do‘kon egalarining eshigi ham ko‘cha tomonda joylashgan. Kelgan mehmon ko‘chaning bir tomoniga qarab, ikkinchi tomoniga qaramaydimi? Qani bu yerda mantiq?Malohat Qosimovaning ma’lumot berishicha, bozor ishga tushgach u savdo jonlanishini ko‘zlab do‘konning ko‘chaga qaragan tomonidan eshik ochadi va kunlik savdoni 1,5 million so‘mga yetkazadi. Tadbirkorning aytishicha, do‘kon eshigi majburiy tartibda yopib tashlangach, ayni kundagi kunlik daromadi 100-150 ming so‘mni tashkil etmoqda.

    — Bizga daromad kerak, — deydi Malohat Qosimova. — Daromad bo‘lmasa, savdo yurishmasa qanday qilib soliq to‘laymiz? Qanday qilib oila boqamiz? Shuni inobatga olib, tadbirkorlar uchun yengillik yaratishni so‘rayapmiz. Ko‘cha tomondan loyiha talablariga javob beruvchi elektron eshik ochsak, buning shaharsozlikka qanday zarari bor? Shuni tushunmayapmiz.

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorlarning ma’lumot berishicha, do‘koni ko‘chaga qaragan 30 nafarga yaqin tadbirkor shunday talab qo‘ymoqda.

    — Bozor faoliyatini boshlagan kuni do‘konimni ochib savdoni boshlagandim, ammo tez orada yopdim, — deydi yana bir tadbirkor Akmal Rahmonov. — Boisi, do‘konim tupik joyda joylashib qolgan. Do‘konga kirish yo‘lak orqali bo‘lgani uchun xaridorlarga noqulay bo‘lyapti. Savdo qilolmayapman. Ikki yildan beri soliqlarni to‘lab kelaman-u, ammo ishlolmayapman. Men uchun ko‘cha tomondan eshik ochish qulay. O‘shanda savdo qila olishim mumkin.

    Qahramon Eshmurodov.

    Qahramon Eshmurodov.
    Foto: “Daryo”

    Tadbirkor Qahramon Eshmurodovning ma’lum qilishicha, bozordagi 27 savdo do‘konidan atigi 5 tasi ishlayapti.

    — 5 ta do‘kon bozorning kirish qismida bo‘lgani bois, amal-taqal qilib ishlayapti, — deydi Qahramon Eshmurodov. — Qolgan 22 ta do‘kon chekka hududda bo‘lgani sabab umuman savdo qilolmayapti.

    Tadbirkorlarning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, bozor rahbariyati bozor ichkarisiga noqonuniy kirib, yo‘lakda savdo qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

    Foto: “Daryo”

    — Sababi ulardan olayotgan kunlik naqd pul bozorkomning cho‘ntagini qappaytirmoqda, — deydi tadbirkorlar. — Buni hech kim so‘ramayapti. Nega endi qonununiy faoliyat yurituvchi tadbirkorlar aziyat chekishi, bozorning oldi eshigi yonidagi yo‘laklarda noqonuniy savdo qilayotgan sotuvchilarning oshig‘i olchi bo‘lishi kerak?

    Tadbirkor Malohat Qosimovaning aytishicha, ayni kunda ishlayotgan do‘konining ko‘chaga qaragan tomonidan elektron eshik ochish uchun Qarshi shahridagi ruxsat beruvchi tashkilotlarning barchasidan rozilik olingan. Ammo bunga Qashqadaryo viloyat qurilish bosh boshqarmasi ijozat bermayapti. Bu muammoni yechish uchun ko‘plab tashkilotlarga murojaat qilingan. Ammo haligacha natija yo‘q.

    — Hatto Qurilish vaziriga ham bordim, — deydi Malohat Qosimova. — Vazirlikdagi mutaxassislar loyihada elektron eshik ochish ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, tadbirkor o‘z imkoniyatidan kelib chiqib loyihaga o‘zgartirish kiritishi mumkinligini aytishdi. Ya’ni, savdoni rivojlantirish uchun ko‘cha tomondan elektron eshik ochishga ruxsat berilar ekan.

    Tadbirkorlarning ma’lum qilishicha, Qarshi shahar hokimi bozorning ko‘cha tomoniga qaragan qismidan do‘kon uchun eshik ochishga ruxsat bergan payt, viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev buni ko‘rgach, ko‘cha tomondagi eshiklarni yopishni buyurgan.

    Tadbirkorlarning qo‘shimcha qilishicha, bozor rahbariyati tadbirkorlar bilan avvaldan infratuzilma uchun pul olmaslikka kelishgan bo‘lsa-da, bugungi kunda kelishuvni bekor qilib, infratuzilma uchun pul talab qilmoqda.

    Barno Ashurova.

    Barno Ashurova.
    Foto: “Daryo”

    — Bozor rahbariyati bizga sharoit yaratib bermagan bo‘lsa-da, tadbirkorlar qurgan bozorga egalik qilayapti, — deydi bozorda savdo qiluvchi tadbirkor Barno Ashurova. — Hatto biz uchun qulay imkoniyatni yaratib bermasdan, shaharsozlik me’yorlarni ro‘kach qilmoqda. Boz ustiga o‘zimiz qurgan bozordan infratuzilma uchun pul to‘lashimizni talab qilayapti.

    Tadbirkorlarning aytishicha, “Naqshab darvozasi” oziq-ovqat dehqon bozorining ayni kundagi ko‘rinishi tadbirkorlar mablag‘iga bunyod etilgan. Qurilish ishlari 2016-yil boshlangan bo‘lib, 2018-yil mart oyida foydalanishga topshirilgan.

    Rustam Ametov.

    Rustam Ametov.
    Foto: “Daryo”

    — Bozorda 150 dan ortiq tadbirkor bor edi, — deydi Rustam Ametov. — Bugungi kunga kelib ulardan 39 nafari qoldi. Kecha yana bir tadbirkor do‘konini tashlab ketdi. Demak, shunday katta bozorda 38 ta do‘kon ishlayapti.

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorlarning ma’lumot berishicha, ayni kunda bozor rahbariyati va tadbirkorlar o‘rtasida infratuzilmaga pul to‘lash-to‘lamaslik borasida muammo yuzaga kelgan. Bozor rahbariyati infratuzilma uchun pul to‘la desa, tadbirkor “men uchun hech qanday ish qilib bermagan bo‘lsang, nega infratuzilma uchun pul to‘layman” degan savolni ko‘ndalang qo‘yadi.

    — Infratuzilma uchun to‘lov shundan iboratki, bozor rahbariyati tadbirkorlarga 13 turdagi xizmat turini ko‘rsatishi kerak, — deydi Rustam Ametov. — O‘shanda biz infratuzilma uchun do‘konimizning har bir kvadrat metri uchun 10 ming so‘mdan pul to‘lasak arziydi. Holbuki, nafaqat do‘konimiz, bozor ichkarisi ham bizning mablag‘larimiz evaziga qurilgan. Qolaversa, chiqindi va elektr uchun o‘zimiz pul to‘lasak. Ichimlik suvini o‘z mablag‘imiz evaziga tortib kelgan bo‘lsak. Bozor rahbariyati biz uchun hech narsa qilib bermadi-ku? Infratuzilma uchun pul to‘la deyishga vijdoni qiynalmasmikin?

    “Daryo” muxbiri tadbirkorlar iddaosi qay darajada haqli ekanligini bilish maqsadida bozorkom Alisher Rasulov bilan bog‘landi. Muxbir savolini eshitgan bozorkom javob berish o‘rniga telefonni o‘chirdi. Bozorkomga qayta ulanish imkoni bo‘lmadi. Savollar esa ochiq qoldi.

    20.10.2019, 18:51   Izoh (0)   27132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik deputat MDH Parlamentlararo assambleyasi Doimiy komissiyasi raisi etib saylandi

    20.10.2019, 17:50

    O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi tasdiqlandi

    20.10.2019, 16:10

    Andijondagi xalqaro forumda 250 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

    20.10.2019, 15:48

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya gazetasi uchun maqola yozdi

    20.10.2019, 14:47

    Namanganda tibbiyot xodimlarini haqoratlagan shaxslardan biri 5, ikkinchi 7 sutkaga qamaldi

    20.10.2019, 14:08

    Turkiyada to‘qqiz oy ichida 70 ga yaqin o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    20.10.2019, 12:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 16:17

    O‘zbekistonda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 15:26

    Kolumbiya prezidentligiga nomzodga suiqasd uyushtirildi

    Dunyo | 8 iyun, 14:25

    Lamin Yamal: “Ronaldu — afsona, lekin mening vazifam g‘alaba qozonish”

    Sport | 8 iyun, 14:05

    “Ozodlikka qorong‘i yo‘l orqali” — avval qizil armiyada, so‘ng Turkiston legioni va AQSH razvedkasida ishlagan o‘zbek o‘g‘loni haqida

    O‘zbekiston | 8 iyun, 13:30

    Yopiq liboslar ajoyib yechim: Sanepidqo‘m jaziramada kiyinish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 12:55

    Tramp Los Anjelesdagi namoyishlarni to‘xtatish uchun Milliy gvardiya askarlarini yubordi

    Dunyo | 8 iyun, 12:25

    Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: “O‘zbekistonni mundial bilan tabriklaymiz, lekin UEFA boshqa daraja”

    Sport | 8 iyun, 12:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.