• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya gazetasi uchun maqola yozdi

    Turkiyaning “Hurriyet” nashrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashining ahamiyati, zamonaviy integratsiya va hamkorlik haqidagi maqolasi e’lon qilindi. “Sof.uz” uning o‘zbekcha tarjimasini taqdim etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev maqolada dastlab Turkiy Kengashning yettinchi sammiti ishtirokchilarini hamda butun turk olamini Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish bo‘yicha Naxchivon kelishuvi imzolanganining 10 yilligi bilan tabriklagan.

    “Bugun Turkiy Kengash tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida muloqot va hamkorlikni chuqurlashtirish, ularning qarashlarini xalqaro maydonda samarali ilgari surish uchun istiqbolli xalqaro platformaga aylandi”, — deydi O‘zbekiston Prezidenti.

    O‘zbekiston katta turk oilasining ajralmas qismi sifatida turkiy davlatlar bilan munosabatlarning rivojlanishiga katta ahamiyat berishi ta’kidlangan. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida “Turkiston – umumiy uyimiz” tashabbusini ilgari surgani va bu turkiy tilli jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangani qayd etilgan.

    “Bizning mamlakat turkiy tilli davlat rahbarlarining ilk sammitlarida faol ishtirok etgan. Davlat rahbarlarining tarixiy to‘rtinchi sammiti 1996-yil 21-oktabr kuni Toshkentda o‘tgandi. Bu turkiy davlatlar hamkorligi rivojida muhim bosqich bo‘lib, zamonaviy Turkiy kengash tuzilishiga poydevor qo‘ygandi”, — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

    Qayd etilishicha, davlat rahbarlari 1996-yilda Toshkent deklaratsiyasini imzolab, doimiy muloqot muhim ekanini ta’kidlab, turkiy tilli davlatlar rahbarlari uchrashuvi uchun kotibiyat tashkil qilishga kelishib olgan. Bu muhim institut Naxchivon kelishuviga ko‘ra tashkil etilgan Hamkorlik kengashi kotibiyatida o‘z aksini topgan.

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shu yili Naxchivon kelishuviga qo‘shilish uchun so‘rov yuborgani va bir kun ichida ijobiy javob olganini aytib, 14-sentabr kuni Prezident qarori qabul qilingani va O‘zbekistonning kelishuvga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun ratifikatsiya qilinganini eslatib o‘tdi.

    “Mamlakatimizning Turkiy Kengashga qo‘shilishi turkiy olamda integratsiyaning mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi va a’zo davlatlar orasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qilyotgan vaqtda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Turkiy Kengash mintaqasida davlatlararo munosabatlarning ijobiy tendensiyasi bizga Kengash doirasida hamda BMT, YeXHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, “Osiyo yuragi — Afg‘oniston uchun Istanbul jarayoni” kabi xalqaro institut va mexanizmlarda yangi istiqbollarga yo‘l ochadi.

    “Kengash maslahatlashuv, davlatlararo aloqalarni muvofiqlashtirish mexanizmi va Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va Yevropada o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda katta imkoniyatlarga ega. A’zo davlatlar orasida bahs va qarama-qarshiliklar yo‘q va bu mening o‘ylashimcha muhim ustunlik beradi. Barcha davlatlar Turkiy kengash faoliyatiga aloqadaor xalqaro va mintaqaviy masalalarda bir xil yoki bir-biriga yaqin qarashlarga ega”, — deydi O‘zbekiston rahbari.

    Qayd etilishicha, Turkiy Kengash davlatlarining har tomonlama hamkorlikda yetishgan darajasi katta optimistlikni yuzaga keltiradi. Hozircha uning haqiqiy potensiali anchayin ko‘p. Asosiysi, hozir turkiy davlatlarda yanayam yaxshi natijalarga erishish uchun siyosiy iroda mavjudligi ta’kidlandi.

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hamkorlikni kengaytirishning asosiy maqsadlarini belgilab olganini ma’lum qildi.

    “Biz transport va tranzit sohasida yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan manfaatdormiz. Integratsiyalashgan transport tarmoqlarining yaratilishi yirik global va mintaqaviy bozorlarga chiqishni ta’minlaydi. Bu o‘rinda gap avvalo Shimol-Janub va Sharq-G‘arb xalqaro transport yo‘laklari, Markaziy Osiyo mintaqasini Xitoy, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog‘laydigan avtomobil, temir yo‘l va havo yo‘llari haqida bormoqda.

    Shu maqsadda mintaqada transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator strategik muhim loyihalar amalga oshirildi. “Andijon—O‘sh—Irkishtom—Qashqar” avtomobil yo‘lagi rivojlanishi, shuningdek, Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga start berilishi bilan katta imkoniyatlar ochilmoqda.

    Barcha sohalarda ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarning joriy etilishi har qanday mamlakatning raqobatdoshligi va barqaror rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Shuning uchun biz Turkiy Kengash mamlakatlarining innovatsion rivojlanishini asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri deb bilamiz. Shu munosabat bilan biz kelajakda texnologiyalarni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ilgari surish uchun innovatsion rivojlanish uchun mas’ul muassasalar, ilmiy markazlar va venchur kompaniyalar o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni taklif qilamiz.

    Ma’lumki, turkiyzabon davlatlar xalqlari noyob va bebaho madaniy, tarixiy va ma’naviy merosga ega bo‘lib, ular butun insoniyatga tegishli. Mamlakatlarimizda turkiy va islom sivilizatsiyasining tarixiy obidalari, buyuk allomalar, shoirlar, mutafakkirlar va san’atkorlarning merosi saqlanib kelinmoqda. Ushbu bebaho boylik butun insoniyatga tegishli, ziyorat turizmini rivojlantirish orqali uni butun dunyoga ko‘rsatish kerak. Iqtisodiy industriya kabi turizm ham davlatlar va xalqlarni yaqinlashtirishda muhim rol o‘ynaydi”, — deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

    U, shuningdek, globallashuv va tinchlikka tahdid ortib borayotgan bir vaqtda o‘zaro hamkorlik har doimgidanda muhimroq ekani haqida so‘z yuritgan.

    “Dunyoda globallashuv, siyosiy keskinlikning ortib borishi sharoitida o‘zaro foydali hamkorlik barqaror rivojlanish va taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlikka erishishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘ylashimcha, turkiyzabon davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning asosiy jihatlaridan biri terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar kontrabandasi va odam savdosiga qarshi kurashda Turkiy Kengash mamlakatlarining huquqni muhofaza qilish organlarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘lishi kerak”, — deydi O‘zbekiston Prezidenti.

    Turkiy davlatlarning siyosiy irodasi, ochiq va konstruktiv boshqaruvi, davlat yetakchilarining doimiy uchrashuvlari natijasida mintaqada o‘zaro ishonch muhiti mustahkamlanayotgani va bu jarayonda O‘zbekiston ham ishtirok etayotgani e’tirof etildi.

    Turkiylarning buyuk vakili, qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov o‘zbek xalqining tarixiy ahamiyati haqida so‘z yuritib, shunday degandi: “o‘zbek xalqi turkiy tilli xalqlar taqdirida Vizantiyaning slavyan xalqlari taqdirida o‘ynaganidek rolni bajargan”.

    “Bugun muhim tarixiy rivojlanish bosqichida O‘zbekiston Respublikasi turkiyzabon davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shishga tayyor.

    Yana bir bor chin qalbimdan turkiyzabon davlatlar xalqini Turkiy Kengashning o‘n yilligi bilan tabriklayman va ularga tinchlik, farovonlik va rivojlanish tilayman”, — deb yakunlagan Shavkat Mirziyoyev.

    20.10.2019, 14:47   Izoh (0)   32844
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda tibbiyot xodimlarini haqoratlagan shaxslardan biri 5, ikkinchi 7 sutkaga qamaldi

    20.10.2019, 14:08

    Turkiyada to‘qqiz oy ichida 70 ga yaqin o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    20.10.2019, 12:45

    Buxoroda “Qandim” gazni qayta ishlash majmuasi foydalanishga topshirildi (foto)

    20.10.2019, 11:44

    Orenburgda yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

    20.10.2019, 11:05

    Ulug‘bek Ro‘ziqulov Vyetnam prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

    20.10.2019, 10:43

    O‘zbekistondan bir yilda 130 mingdan ortiq fuqaro Turkiyaga boradi

    20.10.2019, 09:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Isroil tarixidagi eng qimmatli razvedka manbayi” — urushning yuzsiz “qahramoni” Ashraf Marvon kim edi?

    Dunyo | 17 may, 16:00

    Jizzaxdagi bozor yaqinida ikki qavatli choyxona yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 17 may, 15:53

    Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen to‘ng‘ich farzandining tug‘ilgan kunini nishonladi

    Layfstayl | 17 may, 15:40

    O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

    O‘zbekiston | 17 may, 15:20

    “Bu diqqatni o‘ziga tortadigan va ilhom bag‘ishlaydigan maskan” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 17 may, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.