• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi (foto)

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Tinchlik va sog‘likni ta’minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz”, — deydi davlat rahbari. Shu maqsadda O‘zbekistonda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. Keyingi ikki yilda sohaga doir 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi.

    Jumladan, ichki ishlar organlari barcha bo‘g‘inlarining tuzilmasi va vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, xodimlarning 65 foizi aholiga yaqin bo‘lishi uchun mahallalarda ishlaydigan bo‘ldi. Asosiy e’tibor jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratildi. Buning uchun profilaktika inspektorlari soni qo‘shimcha 1 ming nafarga ko‘paytirildi, ularning bevosita joylarda samarali xizmat o‘tashi uchun munosib ijtimoiy-maishiy sharoit yaratib berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz xonadon” tizimlari joriy etilgani, 24 soat patrullik xizmati yo‘lga qo‘yilgani natijasida odamlarda “adolat va qonun ustuvorligi”ga ishonch paydo bo‘ldi.

    O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etildi.

    Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limida ham shunday zamonaviy tizim tashkil etilgan. Tezkor navbatchilik qismi, profilaktika bo‘linmasi, tergov bo‘linmasi, jinoyat qidiruv bo‘linmasi, pasport xizmati, psixolog faoliyati, yong‘in xavfsizligi, tez yordam, favqulodda yordam va boshqa xizmatlar bir joyda mujassamlashgan. Shuningdek, xotin-qizlar bilan yaqindan ishlash uchun ayol inspektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tezkor navbatchilik qismiga hududni tunu kun nazorat qilish imkonini beradigan videokuzatuv tizimi joriy etilgan. Bo‘lim tumandagi 7 ta mahallada yashovchi aholiga xizmat ko‘rsatadi.

    Shavkat Mirziyoyev poytaxt ichki ishlar organlarini aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida tashkiliy-shtat bo‘linmasini maqbullashtirish loyihasi bilan tanishdi. Unga ko‘ra, ichki ishlar xodimlarining 86 foizini quyi bo‘g‘inga tushirish, tuman hokimligi, prokuraturasi, soliq inspeksiyasi va boshqa idoralar bilan hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.

    O‘zbekiston Prezidenti bu taklifni ma’qullab, jinoyatchilikning oldi olinishi, buni odamlar sezishi uchun pastda tizim mustahkam bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Profilaktika ishlari tahlilga asoslanishi kerak. Har bir huquqni muhofaza qilish organida jinoyatchilikning joyi va turi bo‘yicha chuqur ma’lumot bo‘lishi, buning uchun davlat idoralari, jamoat tashkilotlari muntazam birga ishlashi zarur. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, prokuratura – hammasi xalqqa xizmat qilishi kerak. Shu bilan birga, jamiyatda ham jaholatga qarshi ma’rifat kuchli bo‘lishi lozim. Muhit shunday bo‘lishi kerakki, hech kim jinoyatga qo‘l ura olmasin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezident profilaktika inspektorlarini faoliyat samaradorligiga qarab rag‘batlantirish, professionallik darajasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Profilaktika inspektorlari va ularning o‘rinbosarlarini o‘qitish, malakasini oshirish bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus filialini tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

    Shu yerda tezkor navbatchilik qismidagi innovatsion texnologiyalar, ichki ishlar xodimlarining o‘zaro xabar almashishini ta’minlaydigan “Minor” dasturi, xodimlar xizmat o‘tayotgan joy to‘g‘risida axborotni ko‘rsatish va tashvish xabarini jo‘natish uchun mo‘ljallangan “UzGPS” tizimi haqida ma’lumot berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari ichki ishlar bo‘limidagi yangi mutaxassislar - psixolog, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha profilaktika inspektorlari bilan suhbatlashdi.

    “Xalq bilan ishlaydigan xodimlar psixologiyani chuqur bilishi, odamlarga ko‘mak, mehr berishi kerak. Jinoyatga qo‘l urgan yoshlar, xotin-qizlarning avvalo muammolarini o‘rganish, maishiy muammolari bo‘lsa, mas’ul tashkilotlar orqali yordam berish, ruhan qo‘llab-quvvatlash zarur. Shundagina ularning dunyoqarashi o‘zgaradi, natija bo‘ladi”, – dedi Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev mazkur ichki ishlar bo‘limidagi pasport xizmati xonasida bo‘lib, biometrik pasportlarni rasmiylashtirish jarayonini kuzatdi. Jahon standartlari asosida tashkil etilgan tergov xonasini ko‘zdan kechirdi.

    Ichki ishlar bo‘limi bazasida joylashgan favqulodda xizmatlarni tezkor boshqarishning yagona tizimi faoliyati amaliy ko‘rsatib berildi. Bunga “Qutqarish xizmati – 1050”, “Yong‘in xavfsizligi – 101”, “Tez yordam – 103”, “Qo‘riqlash – 102” ekipaji, shtatdagi texnika va anjomlari bilan namoyish etildi. Bu favqulodda holatlarni tezkor bartaraf etishga xizmat qiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident jamoat xavfsizligini ta’minlashning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga zamonaviy vertolyotlar ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    10.01.2019, 16:15   Izoh (0)   44085
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratiladi

    10.01.2019, 16:04

    Kattaqo‘rg‘ondagi ilk mehmonxonani tadbirkor ayol ochdi

    10.01.2019, 15:52

    Qamashida mashmasha: bog‘cha mudirasi yeri tortib olinganini aytmoqda, hokimiyat mas’ullari esa aytgan gapidan qaytmoqda

    10.01.2019, 15:40

    Propiskasiz yashaganlik uchun jarima miqdori pasaytirildi

    10.01.2019, 15:01

    Toshkentda Pepsi market do‘konida xaridorni urib, pulini olib ketgan talonchilar ushlandi

    10.01.2019, 14:43

    O‘zbekistonda propiska yo‘qligi ishga qabul qilishda to‘siq hisoblanmaydigan bo‘ldi

    10.01.2019, 14:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.