• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qamashida mashmasha: bog‘cha mudirasi yeri tortib olinganini aytmoqda, hokimiyat mas’ullari esa aytgan gapidan qaytmoqda

    Qamashi tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Umida Xolmirzayeva “Charm qo‘lqop chempionlari” MChJ raisi bog‘cha balansida turgan yerni tortib olganini aytmoqda. Tuman hokimligi mas’ullari maktabgacha ta’lim boshqarmasi mutasaddilariga boks to‘garagi bog‘cha hududidan chiqib ketishi haqida bergan va’dasini bajarmayapti. Ushbu holat yuzasidan jurnalist Otabek Qo‘ldoshev o‘z surishtiruvlarini olib bordi.

    Qamashidagi 1-MTM binosi.

    Qamashidagi 1-MTM binosi.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Gapning indallosini aytganda, Qamashi tuman BO‘SM boks murabbiyi Xurshid Oltinboyev bundan 20 yil muqaddam tuman markazida joylashgan 1957–1958-yillarda qurilgan 1-sonli bog‘chaning bo‘sh turgan 379,11 m2 maydondagi qarovsiz binosi va 2756,65 m2 yer maydonida “Qamashidan ham bokschilar chiqsin” degan yaxshi niyatda to‘garak ochadi. Ruxsatni esa o‘sha paytda bog‘chalar “egasi” bo‘lgan tuman xalq ta’limi bo‘limidan oladi. Biz so‘z yuritayotgan damlarda bog‘chalaru, BO‘SMlar ham maktablar qatori xalq ta’limi tasarrufida bo‘lganligi sabab ham BO‘SM murabbiyining ishi xalq ta’limi tomonidan olqishlanadi. Qo‘llab-quvvatlanadi. Bog‘cha bo‘sh binosi esa qo‘shqo‘llab topshiriladi. 70 nafarga yaqin yoshlarga tekinga boks mashg‘ulotlarini o‘tish kimga ham yoqmaydi deysiz?

    Bog‘chaning qarovsiz binosidan qariyb 20 yil davomida foydalanib kelgan murabbiy Xurshid Oltinboyev 2017-yil o‘zi raisligidagi “Charm qo‘lqop chempionlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatini ham tuzib, tuman hokimligidan ushbu yerni qonuniylashtirib berishlarini so‘raydi. 2017-yil 7-iyun kuni bog‘chalarning o‘sha paytdagi “egasi” tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Z.Xudoyqulov tumanning sobiq hokimi Faxriddin Do‘stmurodov nomiga xat bitadi. Xatda XTB mudiri 1-sonli MTMning foydalanilmayotgan, qarovsiz holga kelgan bino va yerini kelajakda maqsadli foydalanish uchun, hech qanday to‘lovlarsiz tuman hokimligi balansiga olinishini so‘raydi. Ajablanarlisi, tuman xalq ta’limi bo‘limining o‘sha xat yozuvchi mas’uli bu borada na Vazirlik va na bu ishga mas’ul tashkilotlar xulosasi bilan qiziqadi. Tomdan tarasha tushgandek tuman hokimiga yerni ham, binoni ham oling deya tortiq qilishga tayyorligini bildiradi. O‘sha xat bahona tuman hokimi o‘rinbosari V.Xayrullayev raisligida tuman mutasaddilari bog‘chaning qarovsiz, foydalanilmayotgan binosi va yerini “Charm qo‘lqop chempionlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tasarruf etish huquqisiz foydalanishga topshirish haqida dalolatnoma imzolashadi.

    Xurshid Oltinboyev.

    Xurshid Oltinboyev.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Shundan so‘ng, yer tuman hokimligi balansiga olindimi yoki yo‘qmi buni tasdiqlovchi biror hujjat yo‘q. Ammo tuman hokimi o‘rinbosari Shomurod Yusupov yer o‘sha paytda tuman hokimligi balansiga olinganini tasdiqladi. “Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri xat yozgach, bog‘chaning foydalanilmayotgan yeri tuman hokimligi balansiga olingan”, — deydi Shomurod Yusupov.

    Boz ustiga 2017-yil 2-dekabr kuni tumanning sobiq hokimi Faxriddin Do‘stmurodov 1-MTM tasarrufidagi yerni hokimiyat balansidagi yer deb ko‘rsatib, “Charm qo‘lqop chempionlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga vaqtincha foydalanish uchun berilsin deya qaror chiqaradi. Demakki, yer tuman hokimligi balansiga olingani rost bo‘lib chiqmoqda.

    2017-yil maktabgacha ta’lim Vazirligi tashkil etilgach, bog‘cha va BO‘SMlar yo‘li ayro tushadi. 2018-yil oktabr oyidan bog‘chaga rahbar etib tayinlangan mudira Umida Xolmirzayeva esa shuni ro‘kach qilib, ayni kunda bog‘cha binosini qaytarib olish harakatiga tushgan.

    Umida Xolmirzayeva.

    Umida Xolmirzayeva.
    Foto: Jamshid Jamolov

    “Bolalar bog‘chasiga tegishli yer, o‘zimizga qaytarilishi va ta’mirlanib, ehtiyojimizni qondirishi kerak, — deydi MTM mudirasi Umida Xolmirzayeva. – Bog‘chamiz 1957–1958-yil qurilgan bo‘lib, 90 o‘ringa mo‘ljallangan. Aynan shu qo‘shimcha bino bilan. Hozirda nari borsa 50 nafar bola qabul qilishga imkoniyatimiz bor. Qarovsiz yotgan binoni ham o‘zimizga olib, ta’mirlagan holda foydalanishni mo‘ljal qilayapmiz. Bog‘chaga talab yuqori. Ammo tuman hokimligi yer bizning balansimizda deya bunga yo‘l bermayapti”.

    Foto: Jamshid Jamolov

    Bog‘cha mudirasi va MChJ raisi o‘rtasidagi mashmashalar shu darajaga yetdiki, oqibatda 2018-yil 4-mart kuni bog‘chaning har ikkala binosi o‘rtasidan devor tushadi. Sodda qilib aytganda, bog‘cha ikkiga bo‘linadi. Bundan g‘azablangan mudira esa tuman hokimining 2017-yil 2-dekabrdagi qarori noqonuniy ekanligini, boks murabbiyi foydalanib kelayotgan yer va bino bog‘cha balansidaligi sababli bog‘chaga qaytarilishi lozimligini talab qiladi.

    Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonov 2018-yil 23-mart kuni bog‘cha manfaatini himoya qilib, tuman hokimligiga murojaat yo‘llaydi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.G‘ofurov imzosi bilan 2018-yil 16-aprel kuni boshqarma boshlig‘iga yo‘llangan javob xatida tuman hokimligi “Charm qo‘lqop chempionlari” MChJ rahbariga binodan foydalanish davrida yetkazilgan zarar eshik va deraza romlari buzib olingani va o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan devorni buzish to‘g‘risida ko‘rsatma berilganini ma’lum qiladi. O‘sha xat yozilganiga ham mana 9 oy bo‘libdiki, devor hali ham “qaqqayib” turibdi. Eng qizig‘i, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari viloyatdagi bog‘chalar boshlig‘i Asror Alimardonovga yuzaga kelgan holat bartaraf qilinadi deb ma’lumot bergan bir paytda, tuman hokimi devor buzilmasligi lozimligi haqida topshiriq beradi.

    Muammolarga sabab bo‘layotgan bino.

    Muammolarga sabab bo‘layotgan bino.
    Foto: Jamshid Jamolov

    “Devorni buzib tashlash to‘g‘risida aytishgach, tumanning o‘sha paytdagi hokimi Faxriddin Do‘stmurodov ‘hammasi o‘z joyida qolaveradi’, deb devor buzilishiga qarshi chiqqandi, — deydi boks murabbiyi Xurshid Oltinboyev. — O‘tgan 20 yil davomida binodan foydalanib, qo‘limdan kelgancha shaxsiy mablag‘larim evaziga ta’mirladim ham. Devor qurishga ham salkam 5–6 million mablag‘ sarflaganman. Har xil muammolar kelib chiqavergani uchun devor qurgandim aslida. Mashg‘ulotlarga kelayotgan shogirdlarimni kiritmay qo‘yishgach, boshqa eshik ochib o‘rtadan devor tushirgandik”.

    Tuman hokimi o‘rinbosari Shomurod Yusupovdan tuman hokimligi nima uchun aytgan gapidan qaytgani xususida so‘raganimizda holatni shunday izohladi: “Tumanimizda joriy yil may oyida 7 milliard mablag‘ evaziga qurilayotgan sport majmuasi ishga tushadi. O‘shanda boks to‘garagini o‘sha yerga o‘tkazib, bog‘cha binosini bo‘shatib beramiz. Shuning uchun ushbu holat kechiktirilmoqda”.

    Shomurod Yusupov.

    Shomurod Yusupov.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Tumanning ayni paytdagi hokimi Sherali Sanayev ham tumandagi sport majmuasi ishga tushmaguncha, bog‘cha binosi bo‘shatilishi imkonsiz ekanligini, qachonki sport majmuasi ishga tushsagina bino bo‘shatib berilishi mumkinligini bildirdi.

    Bog‘cha mudirasi Umida Xolmirzayevaning qo‘shimcha qilishicha, bog‘chaning joriy yilda kapital ta’mirlanishi ham mo‘ljal qilingan bo‘lib, davlat Dasturiga tushirilish uchun loyihachilar ham kelib o‘rganishgan.

    “Ammo tumanning sobiq hokimi Faxriddin Do‘stmurodov va o‘rinbosari Shomurod Yusupovlarning aralashuvi bilan dasturdan ham qolib ketdik, — deydi bog‘cha mudirasi Umida Xolmirzayeva. – Agar dasturga tushganda ushbu MChJ o‘z o‘zidan binodan chiqib ketardi. Dasturga tushmagach, ular ham chiqishmayapti”.

    Shomurod Yusupov mudira so‘zlarini rad etdi. “Bog‘chaning davlat Dasturiga tushishi yoki tushmasligi tuman hokimligiga bog‘liq emas, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari Shomurod Yusupov. — Biz faqat tavsiya bera olamiz, xolos”.

    Jurnalistik kuzatuvlarimiz davomida bog‘cha bolalarining ta’mirtalab binoda, ko‘mir hidi anqib turgan xonalarda tarbiyalanayotganiga guvoh bo‘ldik.

    Foto: Jamshid Jamolov

    “Hatto stol-stullarimiz ham yetishmaydi, — deydi mudira. Shuning uchun bolajonlarmizni xontaxtada o‘tqizib bo‘lsa-da, mashg‘ulot o‘tamiz. Bor imkoniyatdan foydalanishga harakat qilayapmiz. Qaniydi qurilganiga 60 yil bo‘lgan bog‘chamiz ham kapital ta’mirlanib, zamonaviy qiyofaga kirsa. Bizning bolajonlarimiz ham shunday sharoitdan ulg‘ayishga haqli-ku”.

    Ma’lum bo‘lishicha, bog‘chada issiqlik tizimi ham umuman ishlamaydi. “Burjuyka” pechlar ham to‘g‘ri o‘rnatilmaganligi sababli ko‘mir yongach, hidi chiqadi. Bolalar mashg‘ulot olib borayotgan xonada ko‘mir isi anqib turibdi. Eng yomoni bolalar ayni shu xonalarda uxlab dam olishadi.

    “Bor imkoniyatdan foydalanayapmiz, — deydi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Fazilat Abdiyeva. — Nasib etsa ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan. Sharoitlar ham yaxshilanadi”.

    Foto: Jamshid Jamolov

    Yuqorida tilga olganimiz voqealar rivojini kuzatar ekanmiz, bog‘cha rahbariyatiyu, tuman mas’ullariga ko‘z tikib turgan jajji bolajonlar holati ko‘z o‘ngimizdan ketmay qoldi. Sovuq, ko‘mir hidi anqib turgan xonalarda tarbiyalanayotgan jajji bolakaylar nigohida “biz ham issiq va shinam xonalarda tarbiyalanishga haqlimiz” degan iddaoni uqqandek bo‘ldik...

    10.01.2019, 15:40   Izoh (0)   26613
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Propiskasiz yashaganlik uchun jarima miqdori pasaytirildi

    10.01.2019, 15:01

    Toshkentda Pepsi market do‘konida xaridorni urib, pulini olib ketgan talonchilar ushlandi

    10.01.2019, 14:43

    O‘zbekistonda propiska yo‘qligi ishga qabul qilishda to‘siq hisoblanmaydigan bo‘ldi

    10.01.2019, 14:33

    18 yoshgacha o‘z vaqtida pasport olmaganlik endi qoidabuzarlik sanalmaydi

    10.01.2019, 14:28

    O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar notarial xizmatlar uchun to‘lanadigan to‘lovlardan ozod qilindi

    10.01.2019, 13:26

    O‘zbekistonda energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish taqiqlandi

    10.01.2019, 12:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.