Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida yosh tadbirkor ayol Mavluda Sherova tashabbusi bilan tashkil etilgan mehmonxonaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytish joizki, mazkur mehmonxona Kattaqo‘rg‘on shahridagi ilk mehmonxona sanaladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva, tadbirkor ayollar, viloyat va shahar faollari ishtirok etdi.
12 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur mehmonxona zamon talablariga javob beradigan tarzda jihozlangan bo‘lib, barcha qo‘layliklarga ega.
Tadbir ishtirokchilari yangi mehmonxona shart-sharoitlari bilan tanishdi.
Darvoqe, mazkur mehmonxonani tashkil etishda Mavluda Sherovaga qaynonasi yaqindan yordam bergan.
Izoh (0)