Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga pasport tizimini buzganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar beradi.
Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yilishi, shuningdek vaqtincha/doimiy propiskasiz yoxud hisobda turmasdan yashashiga yo‘l qo‘yilishi eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan avval jarima miqdori eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida, yil davomida qayta sodir etilgan taqdirda 15 baravargacha jarima solishga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)