Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida pensioner Z.Voloxova firibgarlikka duch kelgani yuzasidan IIBga murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Jabrdiydaga ko‘ra, Toshkent shohko‘chasida joylashgan “Fitnes-klub” oldida unga o‘zlarini bank xodimlari deb tanishtirgan ikki shaxs (ulardan biri ayol) yaqinlashib, yaqin kunlarda O‘zbekistonda AQSh dollarida muomala qilish cheklanishi munosabati bilan pensionerlarga imtiyoz yaratilayotgani va dollar yevroga almashtirib berilayotganini bildiradi.
Firibgarlar Z.Voloxovadan 400 dollar va 50 ming so‘m olib, unga konvertga solingan 200 yevro ko‘rinishidagi qalbaki pullarni berib ketadi.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ushlash choralari ko‘rildi.
Holat yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lganlardan 102 telefon raqamiga yoki joylardagi profilaktik inspektorlariga murojaat qilish so‘ralgan.
Izoh (0)