Sherzod Hidoyatov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Tashkent City direksiyasi direktori lavozimida ilgari ishlab kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sherzod Hidoyatov bunga qadar Akfa Holding kompaniyasida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)