Joriy yilning 5-may kuni soat 22:40 larda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar bosharmasining navbatchilik qismi “1050” qisqa raqamiga Urganch shahrida yashovchi fuqaro tomonidan murojaat tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar beradi.
Fuqaro R.S xonadoni eshigi qulflanib qolganligi hamda ichkarida qolgan onasi eshikni ocha olmasligini bildirib, yordam so‘rab murojaat qilgan.
Qutqaruv otryadi zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida eshikni ochishga muvaffaq bo‘lishib onaxonga yordam ko‘rsatishdi.
Izoh (0)