O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Sho‘monoy tumani “Ketenler” OFY hududidagi 11 va 26-sonli maktab boshlang‘ich tashkiloti faoliyati o‘rganildi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.
Boshlang‘ich tashkilot yetakchisiga ajratilgan xona, texnik baza, o‘quvchilar bilan ishlashish tartiblari hamda shu kungacha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida maktab sardorlar Kengashi a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib sardorlarning fikr takliflari o‘rganildi.
Uylari maktabdan uzoq bo‘lgan va maktabga qatnashi qiyin bo‘lgan 11-sonli maktab o‘quvchisi Yakip Pirlepesov, 26-sonli maktab sardorlari Umida Muratova va Ulbosin Oserbayevalarga Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan uch dona velosiped sovg‘a qilindi.
Sovg‘ani Yoshlar ittifoqi ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari I.Abdikalikov, ittifoqning bo‘lim mudiri U.Xojamuratov, tuman hokimi o‘rinbosari I.Allaniyazov va tuman prokurori o‘rinbosari I.Samambetovlar topshirdi.
Izoh (0)